1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


O‘ z fikringizni bildiring



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

O‘
z fikringizni bildiring
.
1
. Siz yashaydigan hududda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha qanday 
tadbirlar o‘tkaziladi?
2. Zararkunanda hasharotlar bilan kurashish uchun tez parchalanadigan va 
tabiatga zarar yetkazmaydigan kimyoviy dori vositasi qo‘llaniladi. Natijada 
ekinlar qutqarib qolinadi. Bu tadbirlar qanday oqibatlarga olib kelishi 
mumkinligini tushuntiring.
3. Kamchiqindi va chiqindisiz texnologiyalarning mohiyatini ochib bering. 
Sizning mintaqangizda ularning qo‘llanilishiga misollar keltiring.
4. Bugungi kunda chiqindilarni saralash yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tadbirning 
mohiyatini tabiatdan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanish nuqtayi 
nazaridan asoslab bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Qo‘shimcha adabiyotlardan va o‘zingizning kuzatuvlaringizdan foydalanib, jadvalni 
to‘ldiring. Power Point dasturi yordamida natijalarni aks ettiradigan taqdimot yarating. 
Ekotizimlarning antropogen 
o‘zgarishlari
O‘z atrofingizdagi atrof-muhitni 
muhofaza qilish faoliyati
34-§. O‘SIMLIK VA HAYVONOT OLAMINI MUHOFAZA QILISH
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Quyi sinflarda olgan bilimlaringizga 
asoslanib, hududingizdagi muhofazaga muhtoj turlarni daftaringizga yozing.
 
Tabiatni muhofaza qilish
– bu yerdagi hayotni saqlab qolish, tabiiy 
boyliklardan oqilona foydalanish va qayta tiklash uchun xalqaro, davlat va 
mintaqaviy tadbirlar majmuyi sanaladi. Ushbu faoliyat insoniyatning hozirgi 
kuni va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi. Tabiatni 
muhofaza qilishning asosiy vazifasi o‘simlik olami va hayvonot dunyosi 
turlarining xilma-xilligini va genofondini saqlab qolish hisoblanadi. 


176
Tabiatni muhofaza qilish jarayonida o‘simlik va hayvonlarga majmua 
tarzda ta’sir qiluvchi abiotik, biotik va antropogen ekologik omillar hisobga 
olinsa, muhofaza samarali bo‘lishi mumkin, chunki ular atrof-muhitning 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Y
erda tabiat va insoniyatning barqarorligini ta’minlash uchun tabiatdagi 
mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish zarur.
Tabiat, shu jumladan, o‘simlik olami va hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri. Mazkur muammoni 
hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish va davlatlararo darajada, shuningdek, 
davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi harakati talab etiladi.
1948-yil tashkil etilgan Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMQXI) 
va 1961-yil asos solingan Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) 
ushbu maqsadga xizmat qiladi. Parijda 1970-yil o‘tkazilgan biosfera 
boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari 
bo‘yicha mutaxassislarning maxsus xalqaro anjumanining o‘tkazilishi 
bioxilma-xillikni mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratish uchun muhim qadam 
bo‘ldi. 1979-yil BMT Bosh Assambleyasida «Atrof-muhit bo‘yicha BMT 
dasturi» (YuNeP) tashkil etilgan edi. 1992-yilda BMTning 
Y
er sayyorasi 
muammosi bo‘yicha Rio-de-Janeroda o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda 
«Biologik xilma-xillikni saqlash» dasturi ilgari surilgan va dunyoning 179 
mamlakatining hukumat vakillari tomonidan imzolangan biologik xilma-xillik 
to‘g‘risida Konvensiya qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda 
Y
er yuzida mavjud 
bo‘lgan barcha turlarning xilma-xilligini muhofaza qilishning 
B
utunjahon 
strategiyasi ishlab chiqilgan. 
2001-yildan boshlab, har yili 22-may kuni Xalqaro bioxilma-xillik 
kuni (International Day for Biological Diversity) nishonlanadi. Ushbu 
bayram nafaqat tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan bioxilma-
xillikni saqlashning ahamiyati, balki uning qisqarishi bilan bog‘liq ekologik 
muammolarni hal etishni talab etadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 
2010-yil – Xalqaro bioxilma-xillik yili deb e’lon qilingan. 2010-yilda 
Nagoyada «2011–2020-yillarda bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror 
foydalanish sohasidagi strategik reja» Konvensiyasining qabul qilinishi 
ahamiyatga molik. Ushbu o‘n yillik reja doirasida barcha mamlakatlar 
bioxilma-xillikni saqlash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari 
qabul qilingan. 
Tabiatdagi tirik organizmlar va ular tarqalgan muhit, anorganik tarkibiy 


177
qismlarning butun majmuyini muhofaza qilish zarur, ya’ni tabiatni muhofaza 
qilish ishiga uyg‘unlikda yondashish lozim. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin