20
Bu guruhlar ekologik xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi, ular
tarkibiga muayyan biogeotsenoz uchun xos bo‘lgan har xil turlarning
populatsiyalari kiradi. Ularning o‘zaro va
atrof-muhit bilan murakkab
munosabatlari biogeotsenozning yaxlitligini ta’minlaydi.
Produtsentlar
(lot. «producens» – yaratuvchi) – organik birikmalarni hosil
qiluvchilar, ya’ni avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik moddalardan
organik
birikmalarni sintezlaydi. Bu guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va
xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi.
Konsumentlar
(lotincha «consume» – iste’mol qilaman) yoki iste’mol
qiluv chilar – geterotrof organizmlar bo‘lib, tayyor organik birikmalar bilan
oziqlanadi va oziq tarkibidagi energiyani oziq zanjiri bo‘ylab uzatadi. Oziq
(trofik) zanjiri – organik birikmalarni hosil qiluvchilardan iste’mol qiluvchilarga
bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligidir.
Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi.
Redutsentlar
(lotincha «reduco» – qaytaraman, tiklayman) yoki destruktorlar
(lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof organizmlar bo‘lib, organik
birik malarni anorganik moddalargacha parchalaydi. Ularga saprotrof (saprofit)
bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi. Saprotroflar qoldiq organik birikmalar
bilan oziqlanib, ularni mineral moddalarga parchalaydi. Hosil bo‘lgan
mineral
moddalar tuproqda to‘planib, produtsentlar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Shunday qilib, biotsenoz produtsentlar, konsumentlar, redutsentlardan
tashkil topadi. Bu guruhlarning hayoti bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: