203
moddalar, kislorod) ta’sirida o‘zgarishi
taksis
deyiladi. Ko‘p hujayrali
organizmlarning hayotiy jarayonlari nerv, gumoral va immun sistemalar
orqali boshqariladi. Sodda hayvonlarda nerv sistemasi bo‘lmaydi, shu sababli
ular tashqi muhit bilan aloqasi hujayra ichidagi suyuqlik orqali gumoral
boshqariladi.
Tirik organizmlarda nerv sistemasining paydo bo‘lishi natijasida
boshqarishning yangi shakli – nerv orqali boshqarish yuzaga kelgan. Nerv
sistemasining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq
holda nerv sistemasining
ustuvorligi asosida neyrogumoral boshqarish shakllangan. Nerv boshqarilish –
nerv sistemasi vositasida organizmning bir butun yaxlitlikdagi hayotini
ta’minlaydigan jarayonlar yig‘indisi sanaladi. Turli hayvonlarda nerv
sistemasining tuzilish darajasi har xil bo‘lishiga qaramasdan ular o‘xshash,
ya’ni organizmdagi barcha organ va to‘qimalarni yaxlit tizimga birlashtirish
va tashqi muhit bilan aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi. Nerv
sistemasining organizm hayot faoliyatini boshqarishi reflekslar orqali amalga
oshadi. Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida refleks, refleks
yoyi,
ularda nerv markazlari, sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarning
ishtirok etishi, shartsiz va shartli reflekslarning o‘zaro aloqadorligi, shartli
reflekslarning paydo bo‘lishi bilan tanishgansiz. Bularning hammasi nerv
orqali boshqarilishga misol bo‘ladi.
Nerv sistemasi filogenezi.
Tirik organizmlardagi har bir organlar sis-
te masining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi.
Nerv sistemasining
filogenezi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. Birinchi bosqich: to‘rsimon yoki
diffuz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan
nerv o‘simtalari vositasida turli yo‘nalishlarda birlashgan butun tanani to‘r
shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Tananing istalgan qismiga
ta’sir qilinganda nerv to‘rida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi va organizm butun
tanasining harakati bilan javob qaytaradi. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi
nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni
va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat.
Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashadi. Umumiy holatda nerv
sistemasining tuzilishi narvonni eslatadi.
So‘rg‘ichli va tasmasimon chuvalchanglarning
nerv sistemasi tananing
oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum
atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi tomoniga (so‘rg‘ichlariga)
204
va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda
stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan
iborat. Nerv stvollarining tananing ikki yonida
joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. To‘garak
chuvalchanglarning nerv sistemasi halqum atrofi
nerv halqasi, undan
tananing oldingi va keyingi
tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni
tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv
stvollarining tananing yelka va qorin tomonida
joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan.
Uchinchi bosqich: zanjir tipidagi nerv siste-
masi. Halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi
bir juft halqum usti nerv tuguni,
bir juft hal-
qum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv
halqasi hamda bir-biriga yaqin joylashgan juft
qorin nerv zanjiridan iborat. Tananing har bir
segmentida bir juft nerv tugunlari mavjud. Nerv
tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar
boradi. Molluskalarning
nerv sistemasi halqum
atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni,
(«bosh miya») va tananing turli qismlarida
joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nerv
zanjiridan iborat. Serharakat hayot kechiradigan
va ko‘pchiligi yirtqich bo‘lgan boshoyoqli
molluskalarda nerv
sistemasi murakkab tuzi-
lishga ega. Sakkizoyoqning qizilo‘ngach atrofida
joylashgan oldingi (bosh) nerv tugunlaridan
hosil bo‘lgan gangliylar o‘zaro birlashib bosh
miyani hosil qiladi. Mazkur molluskalar guruhida sezgi organlaridan ko‘rish
va tuyg‘u organlari ko‘proq rivojlangan. Ular turli tasvirni, mexanik va
kimyoviy ta’sirlarni farqlay olish, toshlardan uya qurish, shaxsiy tajribalardan
hayoti davomida foydalanish xususiyatiga ega.
Umurtqasiz hayvonlar ichida bo‘g‘imoyoqlilarning
nerv sistemasi yuksak
darajada tuzilgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning nerv sistemasi halqali chu val-
changlarning nerv sistemasiga o‘xshash, lekin funksional jihatdan takomil-
Dostları ilə paylaş: