95
Yashil o‘simliklardan boshlangan oziq zanjiri o‘tloq tipidagi (produtsent
zanjir) oziq zanjir deyiladi. Produtsent zanjir produtsentlardan boshlanadi va
turli tartib konsumentlarini o‘z ichiga oladi. Bunday
oziq zanjiri quyidagi
chizmada keltirilgan:
Produtsentlar
I tartibli
konsumentlar
II tartibli
konsumentlar
III tartibli
konsumentlar
Produtsentlar o‘simlikxo‘r hayvonlar – birinchi
tartib konsumentlarning
oziq manbayi, ular esa, o‘z navbatida, go‘shtxo‘r hayvonlar (birlamchi
yirtqichlar) – ikkinchi tartib konsumentlarning oziq manbayiga aylanadi.
Go‘shtxo‘r hayvonlar uchinchi tartib konsumentlar yoki yirik yirtqichlar
(ikkilamchi yirtqichlar) tomonidan iste’mol qilinadi (23-rasm).
Ba’zan oziq zanjirlari detritdan boshlanadi. O‘lik organik modda – detritdan
boshlanadigan zanjir detrit tipidagi oziq zanjir deyiladi. Bunday zanjirda nobud
bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar yoki bakteriyalarning organik
moddalari detritofaglar tomonidan o‘zlashtiriladi, ular esa, o‘z navbatida,
yirtqichlarning o‘ljasiga aylanadi (24-rasm).
Bunday holda detritdagi bir
qism oziq moddalar mineral moddalarga aylanish va o‘simliklar tomonidan
o‘zlashtirilish bosqichlarini chetlab o‘tgan holda moddalarning davriy
aylanishiga qaytadi. Detrit tipidagi oziq zanjirlar inson tomonidan organik
chiqindilarni qayta ishlashda hamda baliq yoki qushlarni boqish uchun yomg‘ir
chuvalchangi va pashshalarning lichinkalarini ko‘paytirishda foydalaniladi.
Detrit
tipidagi oziq zanjirlar, asosan, ikki yoki ayrim hollardagina uch
bo‘g‘inli, o‘tloq tipidagi oziq zanjirlari esa to‘rt-olti bo‘g‘inli bo‘ladi.
Suv biogeotsenozida ko‘pgina ekologik sistemalardagi kabi energiyaning
birlamchi manbayi quyosh nuri bo‘lib xizmat qiladi, o‘simliklar shu tufayli organik
moddalarni sintezlaydi. Bir hujayrali hayvonlar o‘simlik qoldiqlari va ularda
23-rasm.
O‘tloq tipidagi oziq zanjiri: o‘simlik
o‘simlikxo‘r
hasharot
yirtqich
hasharot
hasharotxo‘r qush
yirtqich qush.
96
rivojlanayotgan bakteriyalar bilan oziqlansa, ularni esa mayda qisqichbaqasimonlar
yeydi. Mayda qisqichbaqasimonlar, o‘z navbatida, baliqlarga,
ular esa yirtqich
baliqlarga yem bo‘lishi mumkin. Suv havzalari oziq zanjiriga misol: fitoplankton
(suvo‘tlari)
zooplankton (dafniya, sikloplar)
baliq chavoqlari (qizilko‘z
baliq)
yirtqich baliq (cho‘rtan, olabug‘a). Oziq zanjirining oxirida o‘lik organik
moddalarni anorganik moddalarga aylantirib beradigan redutsentlar joylashadi.
Tabiiy jamoalar turlar tarkibi jihatdan tubdan farq qilsa-da,
trofik
strukturasi bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi: ular asosiy ekologik komponent –
produtsentlar (avtotroflar), turli tartib konsumentlari va redutsentlar
(geterotroflar)dan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: