101
mahsuldorlik deyiladi. Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon
birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari
uchun litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan
biomassa miqdori bilan
ifodalanadi. O‘rmondagi organizmlarning umumiy biomassasi yillik o‘sish –
mahsuldorligidan ancha ko‘p bo‘ladi. Hovuzda fitoplanktonning umumiy
biomassasi uncha ko‘p emas, ammo fitoplankton tez ko‘payishi hisobiga
katta tezlikda mahsulot hosil qiladi.
Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydala-
nishiga ko‘ra, ekosistemada birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi.
Bunda hosil bo‘ladigan mahsulot mos ravishda
birlamchi va ikkilam-
chi deyiladi. Fotosintez yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar
(produtsentlar) tomonidan mineral moddalardan hosil qilinadigan biomassa
birlamchi mahsulot
deyiladi. Organik moddalarning
asosiy qismini yashil
o‘simliklar tashkil qiladi. Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i
xlorofill tomo ni dan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi
(quyosh energi yasining qolgan 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki
suv bug‘ lanishiga sarflanadi). Bundan ko‘rinib turibdiki, quyosh energiyasining
organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi
o‘rtacha 1% ni tashkil etadi. Bunday qonuniyat «1% qoidasi» deb nomlanadi.
Birlamchi mahsuldorlik ekosistemaning eng muhim xususiyatidir. Unda to‘p-
langan energiya barcha konsumentlar hamda redutsentlarning
yashashi va
hayotiy jarayonlariga sarflanadi. Geterotrof organizmlar oziqning bir qismi dan
hayot faoliyatini ta’minlashga, qolgan qismidan o‘z tanasini qurishda foyda-
lanadi. Konsumentlar va redutsentlar ta’sirida organik moddalarning qisman
parchalanishidan hosil bo‘lgan biomassa
ikkilamchi mahsulot
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: