1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Ignabargli o‘rmon 
(tayga). U Yevrosiyoning shimoliy qismlari va 
Shimoliy Amerikani o‘z ichiga oladi. Qishi uzoq va sovuq, yog‘ingarchilik miq-
dori ko‘p va asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi. Doimiy yashil ignabargli daraxt lar 
hukmronlik qiladi (pixta, kedr, qarag‘ay). Hayvonot olami yirik tuyoqli sutemi-
zuvchi hayvonlar (los, kabarga), mayda o‘simlikxo‘r sutemizuvchilar (qun-
duz, olmaxon), yirtqich sutemizuvchilar (ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri, norka)dan 
iborat. Bu biomlarda botqoqliklar va ko‘llar uchraydi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari.
Iqlim yil 
davomida o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. Yirik bargli daraxtlar 
(buk, lipa, eman, zarang, shumtol), butalar va o‘tlar o‘sadi. Hayvonot 
orasida sutemizuvchilar (los, ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri), qushlar (qizilishton, 
boyqush, qorayaloq, lochinlar) asosiy o‘rinni egallaydi. Tirik organizmlar 
mavsumiy iqlim sharoitiga moslashgan. Ularda qishki uyqu, migratsiya, 
tinim davri kuzatiladi. Muzlagan tuproq orqali daraxtlar suvni o‘zlashtirishi 
qiyin bo‘ladi, suv bug‘latish natijasida yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldira olmay 
qoladi, shu sababli ayrim daraxtlar barglarini to‘kadi, ignabargli daraxtlar 
barglarini to‘kmaydi, ularning barglari qalin mumdan iborat kutikula bilan 
qoplangan. 
Dashtlarning 
iqlimi fasllar davomida o‘zgarib turadi, qish harorati 0°C 
dan past. Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi. Hayvonlar orasida 
tuyoqli hayvonlardan bizon, antilopa, sayg‘oq, kenguru, jirafa, zebra, oq 
nosoroglar; mayda sutemizuvchilardan quyonlar, yumronqoziqlar, sichqonlar; 
yirtqichlardan bo‘ri, sher, qoplon, gepard, giyena itlari hamda turli qushlar 
uchraydi.
O‘tloqlar –
o‘simliklari asosan o‘tlardan iborat ekosistemalar. Bu 
ekosistemada o‘suvchi o‘simliklar yetarli darajada namlikni talab qiladi. 
O‘tloqlar namlik yetarli darajada bo‘lgan hududlar: pasttekisliklar, daryo 
qirg‘og‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari tog‘ o‘tloqlari – alp 
o‘tloqlari, yaylovlar mavjud.
Bu biogeotsenozlarda asosan boshoqli va boshqa gulli o‘simliklar o‘sadi. 
Hayvonlar orasida hasharotlar ko‘p uchraydi. O‘tloqlardan chorvachilik va 
pichan o‘rish maqsadida foydalaniladi. Hozirgi kunda dasht va o‘tloqlarning 
ko‘p qismi madaniy o‘simliklar yetishtirish, shaharlar va sanoat korxonalarini 
qurish tufayli o‘zlashtirilgan. 


110
Sahrolar
iqlimi juda quruq, kunlari issiq, tunlari esa sovuq 
ekosistemalardir. Ular yog‘ingarchilik miqdorining kamligi, harorat va 
yoritilganlik darajasining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Kserofitlar o‘t 
o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydi. Hayvonlardan xilma-
xil kemiruvchilar (tovushqonlar, yum ron qo ziqlar); tuyoqli hayvonlar (qulon, 
jayron, antilopa), yirtqichlar (bo‘ri va sahro tulkisi), ko‘plab sudralib 
yuruvchilar, o‘rgimchaksimonlar, hasharotlar uchraydi. Ulardan ko‘pchiligi 
tunda faol bo‘ladi. Cho‘llarning ayrim qismlari inson tomonidan qishloq 
xo‘jaligida foydalanish maqsadlarida o‘zlashtirilgan, bu yerlarga boshqa 
hududlardan suv yetkaziladi yoki yerosti suvlaridan foydalaniladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin