1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

EKOSISTEMALARI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Botanika o‘quv fanidan olgan 
bilimla ringiz asosida O‘zbekistonda o‘sadigan qaysi o‘simlik oilalari 
vakil lari cho‘l muhitida o‘sishga moslashganligini ayting.
Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil. 
Markaziy 
O
siyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik 
zonalardan iborat.
Cho‘l ekotizimi.
C
ho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 
60% dan ko‘pini tashkil qilib, dengiz sathidan 400–500 m gacha bo‘lgan 
balandlikda joylashgan. Bu regionning fizik-geografik sharoiti va landshafti 
ham juda xilma-xil. Shimoliy-g‘arbiy hududlar cho‘l va chala cho‘llardan 
iborat bo‘lib, yozi quruq issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik miqdorining 
kamligi bilan xarakterlanadi. Biologik mahsuldorlikni cheklovchi omili 
namlikning kamligi hisoblanadi. Yog‘ingarchilikning yillik miqdori 200 mm 
dan oshmaydi, asosan yog‘ingarchilik qish-bahor faslida kuzatiladi. Harorat 
yozda +40+45°C ga yetadi, yillik namlik miqdori 200 mm dan oshmaydi. 
Cho‘l mintaqasida o‘simliklarning tarqalishi yillik yog‘in miqdoriga bog‘liq.
Cho‘l mintaqasi tuprog‘ining xilma-xil bo‘lishi, o‘simliklarning xilma-
xilligini belgilaydi.
Tuproqning strukturasiga ko‘ra sho‘rxok tuproqli cho‘l, qumli cho‘l, 
gipsli cho‘llar farqlanadi. Masalan, sho‘rxok tuproqli cho‘llarda shiraga boy 
o‘simliklar (seret baliqko‘z, qizil sho‘ra, sarsazan), qum tuproqli cho‘llarda 
yaxshi o‘suvchi kserofit o‘simliklar (saksovul, sag‘an, qumtariq, juzg‘un, 
silen, iloq), gipsli cho‘llarda shu sharoitga moslashgan o‘simliklar (qora 
boyalich, buyurg‘un, shuvoq) o‘sadi. 
28-rasm.
Cho‘l va chala cho‘l hayvonlari.
Tuya
Yumronqoziq


113
Cho‘llarning hayvonot dunyosi ham o‘ziga xos. Cho‘l hayvonlari ham 
o‘simliklar kabi suvsizlikka yaxshi moslashgan. Cho‘lda yashovchi sudralib 
yuruvchilar, mayda kemiruvchilar suvsizlikka fiziologik va etologik jihatdan 
moslashgan. Bu hayvonlar ichimlik suviga unchalik muhtoj emas, chunki ular 
organizmida iste’mol qilingan oziqning parchalanishi natijasida metabolik suv 
hosil bo‘ladi. Ularning siydigi juda konsentratsiyalashganligi uchun organizmdan 
suv kam ajraladi. Umurtqasiz hayvonlarning asosiy qismini hasharotlar tashkil 
qiladi va hayvonlarning ko‘pchiligi tungi hayvonlar hisoblanadi.
Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilardan qo‘shoyoqlar, barxan mushugi, jayron, 
oqquyruq, olaqo‘zon, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri, yumronqoziq, qumsichqon, 
tipratikan; qushlardan xo‘jasavdogar, to‘rg‘ay, tentakqush, yo‘rg‘a tuvaloq, 
boyo‘g‘li, cho‘l moyqurti, qum chumchug‘i, so‘fito‘rg‘ay, yirtqich qushlardan 
tasqara, burgut kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan echkemar, qum 
bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chipor ilon, o‘qilon, charxilon, 
kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi keng tarqalgan (28–29-rasmlar).

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin