24.11. Poyezdning massasi samolyot massasidan 200 marta kartta, tezligi esa 15 marta kichik.
Samolyotning kinetik energiya poyezdning kinetik energiyasidan necha marta katta?
24.12. Koptok 10 m/s tezlikda 5 J kinetik energiyaga ega. Koptokning 20 m/s tezlikda kinetik energiyasi
qanday bo’ladi?
24.13. Massasi 200 g bo’lgan jism 2 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Uning 3 s dan so’ng kinetik
energiyasi qanday bo’ladi?
24.14. Jism boshlang’ich tezliksiz erkin tushadi. Harakat boshlangandan 3 s o’tgandagi kinetik energiyasi,
1 s o’tgandagi kinetik energiyasidan necha marta katta?
24.15. Yer sirtidan yuqoriga tik otilgan jism 8 s dan so’ng yerga qaytib tushdi. Uning massasi 0.5 kg bo’lsa,
otilish paytida uning kinetik energiyasi qanday bo’lgan?
24.16. Massasi 1 kg tosh vertikal yuqoriga 200 J kinetik energiya bilan otildi. Toshning uchish vaqtini
aniqlang.
24.17. Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan 1 kg massali jism, qancha vaqtdan so’ng 1250 J kinetik
energiyaga ega bo’ladi?
24.18. Koptok 8 m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qanday minimal vaqtdan so’ng uning
kinetik energiyasi 2 mrta kamayadi?
24.19. Harakat davomida massasi 2 t bo’lgan avtomobil o’z kinetik energiyasini 300 kJ ga oshirdi.
Avtomobilning boshlang’ich tezligi 10 m/s bo’lsa, u qanday tezlikka erishgan?
24.20. o’qi bo’ylab harakatlanayotgan jism kordinatasi vaqtga bog’liq
qonun
bo’yicha o’zgaradi. Jismning harakat boshlangandan 5 s o’tgandagi kinetik energiyasini aniqlang. Jism
massasi 100 g.
24.21. Massasi 2 kg bo’lgan jism
o’qi bo’ylab harakatlanmoqda. Jism kordinatasi vaqtga bog’liq
qonun bo’yicha o’zgaradi. Jismning harakat boshlangandan 5 s o’tgandagi kinetik
energiyasini aniqlang. Harakatning ikkinchi sekundi boshidan uchinchi sekundi oxirigacha jism kinetik
enargiyasi qanchaga o’zgaradi?