1. Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari. Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar



Yüklə 139,36 Kb.
səhifə5/16
tarix24.09.2023
ölçüsü139,36 Kb.
#129323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-O’quvchilarni savod o’rgatishga tayyorlov (Alifbegacha bo’lgan davr)davrda nutq o’stirish

Grafik malakalar. Yozuv darslarini husnixat mashqlari bilan bog‘lab olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Har qanday yozuv toza, aniq, ozoda, chiroyli yozilib, harflarning o‘lchovi, shakli, qiyaligi va harf qismlarining qo‘shilishi belgilangan normalarda bo‘lishiga rioya qilish zarur.
O‘quvchilarning qo‘l muskullari harakatchanligi sust, yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Mayda qo‘l muskullari harakati va ko‘z bilan chamalashni takomillashtirish uchun dastlabki mashqlar o‘tkazish, ayrim harf va harf guruhlarini murakkablashib borishiga qarab yozuv malakalari shakllantirib boriladi.
Ta‘lim oluvchi aqli zaif o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi har xil bo‘lishini inobatga olib, individual va differensial yondoshuvni amalga oshirishda sinfni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Dastur talablari o‘rta o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, sust o‘zlashtiruvchi bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalari standart talablaridan pastroq darajada bo‘lishi mumkin.

O‘quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‘nikma; darsning muayyan vaqt oralig‘ida davom etishi; rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‘lgan matn tuzish; darslik bilan ishlash; og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha; gap haqida tushuncha; so‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha; gap, so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi; unli va undosh tovush haqida tushuncha; maktab partasida to‘g‘ri o‘tirish; darslikdan foydalanishga oid ilk o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.


2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (16 soat)
Yozuv darslari o‘qish darslari bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi. Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‘quvchi yozuv daftaridan to‘g‘ri foydalanish, parta ustiga daftarni to‘g‘ri qo‘yish yozuv daftari bilan o‘quvchi oralig‘ida muayyan masofani saqlash (35 sm); yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish, yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish; yozuv elementlarini to‘g‘ri idrok etish (qayerdan boshlash, qayerda to‘xtash, o‘ngga, chapga burish, yoza boshlash, qo‘l harakatini uzmay yozish).

Yüklə 139,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin