10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi


Masofaviy o’qitish texnologiyasi



Yüklə 82,15 Kb.
səhifə10/17
tarix14.12.2023
ölçüsü82,15 Kb.
#140763
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
10-Mavzu Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi-fayllar.org

Masofaviy o’qitish texnologiyasi.
Masofaviy o’qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtiril­magan. Eng ko’p tarqalgan ta’rif quyidagicha: masofaviy o’qitish texnologiyasi bu ta’limni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo’naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o’qitish shakllarining majmuasidir.
Masofaviy o’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarning bir ko’rinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi standartlashtirilmaganligini hisobga olgan holda, ko’pincha YuNESKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YuNESKO ta’rifiga ko’ra masofaviy o’qitishga quyidagi ta’rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o’qitish texnologiyasi – bu inson va texnik resurslarini, ularning o’zaro aloqasini, hisobga olgan holda, ta’lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo’llash va ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo’lib, bilvosita individuallashgan ta’lim tizimida o’qitish shakllarini maqbullashtirishni o’ziga vazifa qilib qo’yadi.
Masofaviy o’qitish texnologiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi;


  • ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;


  • ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.




Ta’lim texnologiyasi – bu ta’lim axborotlarini manbadan iste’molchiga uzatishda qo’llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o’qitish tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak, ya’ni o’qituvchi fikrini tasviriy obrazlar ko’rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o’qitish tizimi ta’lim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy o’qitish tizimida kuyidagi ta’lim texnologiyalarini ishlatish mumkin:
    • video-ma’ruzalar; multimedia-ma’ruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va multimedia-darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitasiya modellari va kompyuter trenajyorlar; telekommunikasiya vositalaridan foydalanuvchi maslaxatlar va testlar; videokonferensiyalar.


Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga yetkazish, o’qituvchi va tinglovchi o’rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo’llashga tayangan apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular – axborot texnologiyalaridir.


Masofaviy o’qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bo’lib, kuyidagi qo’shimcha talablarga javob berishi kerak:
Adaptasiya – ta’lim jarayonini o’quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka holda, kompyuter va telekommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim olish jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy muvofiqlik bu talabga rioya etish ta’lim tizimining moliyalash mablag’lari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
O’zgaruvchanlik – ta’lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, o’quv materiallarini modernizasiyasini amalga oshirishga imkoniyat ta’minlab berish. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga ko’ra paydo bo’ladi.
Nazorat – o’qitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash.

Yüklə 82,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin