10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi


O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar



Yüklə 82,15 Kb.
səhifə11/17
tarix14.12.2023
ölçüsü82,15 Kb.
#140763
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
10-Mavzu Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi-fayllar.org

O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar
MT jarayonini amalga oshirishda qo‘yida ko‘rsatilgan bosqichlar asosida amalga oshirish mumkin:
1-bosqich: Tahlil
2-bosqich: Loyihalashtirish
3-bosqich: Joriy qilish
4-bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
5-bosqich: Ishga tushirish
6-bosqich: Rivojlantirish
1-bosqichda o‘quv muassasining masofaviy ta’lim jarayoniga bo‘lgan ehtiyojlari, ta’lim jarayonida qatnashayotgan foydalanuvchilarning soni, o‘qitish usullari va shakllari, loyihani amalga oshirishdakerak bo‘ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari,loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi.
2-bosqichda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va texnik topshiriqloyihalashtiriladi.
3-bosqichda esa tanlangan masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuaa tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga tegishli domen tanlanadi. Masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo‘llab quvvatloshchi ishchi xodimlarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi.
4-bosqichda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan biri bo‘lmish o‘quv kontentlar o‘quv bo‘limi va soha mutaxasislari bilan hamkorlikda yaratiladi. YAratilgan o‘quv kontentlar eskpertlar tomonidan tekshiriladi.
5-bosqichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim jarayonida o‘quv jarayoni doiymi nazoratda bo‘lib turadi. Tizimdagi havfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
6-bosqichda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi.


10.8. Elektron darslik.
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o‘rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o‘quv hajmini to‘liq qamragan va masofaviy o‘qitish hamda mustaqil o‘rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo‘lib, unda materiallar (o‘quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o‘quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, video, animatsiya va qisman virtual (matn) shaklida, ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi.

Yüklə 82,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin