PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi;
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur.
PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997- yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.
PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi. PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
4. Pedagogik mahorat – pedagogik texnologiyaning muhim elementi.
Yoshlarni o’qitish va tarbiyalash kabi murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish ko’p jihatdan o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasbiy mahorati, bilimdonligi, madaniyatiga bog’liqdir. Zamonaviy pedagog o’quvchiga ta’sir etish, uning istallari, e’tiqodini, qiziqishi va imkoniyatlarini shakllantira bilishi kerak.
Zamonaviy maktablarga pedagog-ustalar, yuksak malakali o’qituvchilar va tarbiyachilar kerak.
Pedagogik bilim va mahorat ega bo’lgan o’qituvchi avval, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishini qonuniyatlarini va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi zarur.
Talabalarga taklif qilinadigan jadval.
Pedagogika mahorat
|
Pedagogika faoliyat
| |
Yosh avlodni hayotga, mexnatga tayyorlash uchun xalq oldida javobgar bo’lgan, bolalarga ta’lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnatidir O’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga yo’naltirilgan ongli, rejalashtirilgan faol faoliyati.
| | |
jamiyat haqida ilmiy tasavvur
| | |
intellektual qiziqishga moillik
|
tadqiqotchilik malakarini mavjudligi
|
Pedagogik mahorat sohibi bo’lishga intilgan kishi, shubhasiz, o’z bilimini doimo kengaytirishi, o’quvchiga ma’naviy-ahloqiy ta’sir etuvchi g’oya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Buning uchun ko’p o’qishi, o’rganishi va izlanishi lozim.
PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY QISMLARI. (KOMPONENTLARI).
a) O’qituvchining shaxsi va uning kasb faoliyatiga ijobiy munosabati.
b) Kasbga oid bilimlar.
v) kasbiy faoliyatiga oid qobiliyatlar: ko’nikma va malakalar.
g) Kasbiy ijodkorlik.
O’qituvchi tanlangan kasbga o’z munosabatini bir necha vosita orqali bildiradi.
Birinchidan pedagog o’z kasb faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatga ega bo’lishi zarur, chunki teskari xollarda u ko’pgina qiyinchiliklarga zuch keladi.
Ikkinchidan - yuksak malakali pedagog bo’lishi uchun o’qituvchi kasbga oid bilimlarga ega bo’lishi shart.
Shu bilan birga uzi egallagan bilimlarni o’quvchilarga to’lish etkazish uchun o’quvchi pedagogik va psixologik hamda xususiy metodikadan bilimlarni egallash kerak.
Bundan tashqari, xozirgi zamon o’qituvchisining dunyoqarashi keng, fikrlashi erkin, jamiyatimiz xaqida ilmiy tasavvurlarga ega bo’lishi zarur.
Uchinchidan o’quvchi yoki tarbiyagi kasbining ustasi bo’lishi uchun bir necha kasbga oid qobiliyatlarga va pedagogik texnikaga ega bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |