5. Interfaol metodlar: SWOT, FSMU usulini fanga oid aniq misollar bilan isohlang. FSMU texnologiyasining maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o`zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg`ulotlarida, mustahkamlashda, o`tilgan mavzuni so`rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg`ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
qatnashchilarga mavzuga oid bo`lgan yakuniy xulosa yoki g`oya taklif etiladi;
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog`ozlarni tarqatiladi:
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko`rsating.
M – ko`rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o`zlashtirilishiga asos bo`ladi.
Fikr: “Pedagogika ijtimoiy fan. Ijtimoiy fanlar tobora muhim ijtimoiy-o`zgartiruvchi kuch bo`lib qolmoqda. Faqat tabiiy-texnik fanlargina bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi”.
Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
F- bu asosli fikr emas.
S – pedagogika fani tavsiyalari insonning mehnat faoliyatiga ta’sir ko`rsatadi. Bu bilan uning umumiy va kasbiy tayyorgarligi, ijodiy imkoniyatlari rivojlanadi. Mazkur ko`rsatgichlar moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishga ta’sir ko`rsatadi.
M – uzluksiz ta’limning imkoniyatlari.
U- pedagogika ijtimoiy fan sanalsada, uning qonuniyatlari jamiyatning rivojlanishida metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Bu esa fanni o`rganishga nisbatan innovatsion yondoshuvni shakllantiradi.
“SWOT – tahlil”jadvalining nomi inglizcha so’zlarning bosh
harflaridan tuzilgan: