12 –amaliy mashg‘uloti. Baqaning skeleti va nerv sistemasi Kerakli materiallar va jihozlar



Yüklə 342,58 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü342,58 Kb.
#138248
  1   2   3   4   5   6
12-amaliy mash.


12 –amaliy mashg‘uloti.
Baqaning skeleti va nerv sistemasi


Kerakli materiallar va jihozlar: montaj (taxtaga o‘rnatilgan) qilingan baqa skeletlari (5-6 ta) tanasining turli bo‘lim umurtqalari, oldingi va orqa oyoqlari hamda kamarlari skeleti, bosh skeleti; baqaning umumiy skeleti, bosh skeletining ustki va ostki tomondan ko‘rinishi, tanasining turli bo‘limlari umurtqalari, til osti skeleti,yelka va chanoq kamarlari hamda oyoqlari skeleti aks ettirilgan jadvallar.
Mashg‘ulotning maqsadi: ko‘l baqasi misolida suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining skelet tuzilishini o‘rganish.
Ishning mazmuni
Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfining tipik vakili baqaning skeleti quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos bir qator progressiv belgilarga ega (14-rasm).



А

В

14-rasm. Salamandra (A) va baqa (B) skeletlari tuzilishi: 1 - bo‘yin umurtqasi, 2 - tana umurt-qalari, 3 - qovurg‘alari, 4 – dumg‘aza umurtqasi, 5 - dum umurtqalari, 6 - dum suyagi (urostil),
7-yelka kamari, 8 -yelka suyagi, 9 - tirsak suyagi, 10 - bilak suyagi, 11 - qo‘shilib o‘sgan
bilak va tirsak suyaklari, 12 - bilaguzuk, 13 - kaft, 14 - barmoq falangalari, 15 - chanoq kamarining yonbosh suyaklari, 16 - son suyagi, 17 - katta boldir suyagi, 18 - kichik boldir suyagi, 19 - qo‘shilib o‘sgan kichik va katta boldir suyaklari, 20 – tovon suyagi, 21 - oyoq kaft suyaklari, 22 – barmoq falangalari, r – barmoq rudimenti, I-II-III-IV-V rim raqamlari - barmoqlar tartibi.

Xususan oyoqlarining tipik besh barmoqli tipda tuzilganligi, kamar va oyoq skeletlarning uchta gomodinam elementlardan shakllanganligi, chanoq kamarining o‘q skeleti bilan bog‘liq bo‘lishi, bosh skeletining autostiliya tipda tuzilganligi, ya’ni tanglay kvadrat tog‘ayining bosh skeletiga qo‘shilib ketganligi, til osti yoyining boshqa elementlarga aylanganligi, jabra qopqoqlarini butunlay, yoylarini esa qisman reduksiyalanganligi va niqoyat, umurtqa pog‘onasining bir necha bo‘limlarga ajralganligi ularning progressiv belgilaridir. Bosh skeletida suyaklarning kam bo‘lishi, umurtqa pog‘onasi bo‘yin va quymich bo‘limlarining kam taraqqiy etganligi, qovurg‘alarning bo‘lmasligi, dum umurtqalarining bitta suyak - urostilga aylanganligi, chanoq kamari yonbosh suyagining uzun bo‘lishi va sakrab yurishiga moslanishi tufayli baqa oyoqlari skeletining quruqlikda yashovchi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan juda boshqacha tuzilganligi, baqaning adaptiv belgilari hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan dumsiz amfibiyalar turkumi vakillarining skeletiga xos adaptiv belgilarning hammasi ham suvda ham quruqlikda yashovchilarning boshqa turkumlari (dumlilar va oyoqsizlar) vakillarida uchramaydi.



Yüklə 342,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin