quyonlarda 250-500, odamlarda 700-900 ta spermatozoid tuxum yo’llarigacha yetib boradi.
Urug’lanish jarayoni 3 ta ketma-ket bosqichdan iborat: 1) gametalarning yaqinlashishi; 2) tuxum hujayraning faollashuvi; 3) singamiyaTuxum spermatozoid bilan jinsiy hujayralarning tuzilishiga ham, ularning fiziologik xossalariga ham taalluqli bo’lgan ancha murakkab moslanishlar bilan qo’shiladi.
Zich qobiqlar bilan qoplangan hasharotlarda,
akula tuxumlarida spermatozoid o’tish uchun maxsus teshikcha-mikropile bo’ladi.
Nina tanlilar tuxumlarining qobig’i studenli (quyuqlashib qotib qolgan) moddali bo’ladi
Qo’shilish oldidan tuxum ikki xil faollashadi: 1. Impulsli faollashuv. Bunda spermatozoid bilan yaqinlashganda tuxum uni sezib faollashadi.
2. Kortikal faollashuv. Bunda tuxum po'stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi faollashuvi tushuniladi. Tuxumning mikropile teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan bo’ladi
Urug’lanish tufayli xromosomalarning diploid nabori tiklanadi, tuxum hujayra keyingi jarayonlar uchun faollashadi. Urug’lanishdan keyin jinsiy hujayralar yadrosining qo'shilishini birinchi marta 1875 yilda O. Gertvig aniqlagan.
XX asrning 50-yillarida amerikalik embriolog Geylbrun urug’lanishda kalsiy katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Keyinchalik boshqa amerikalik tadqiqotchi Runstryom tuxum ustida fermentlarning faolligini pasaytiruvchi modda borligini aytdi. Bulardan tashqari, urug’lanishda lizosoma, mitoxondriya ham ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |