2- mavzu: mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə4/5
tarix26.11.2023
ölçüsü20,08 Kb.
#134933
1   2   3   4   5
2- mavzu mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ula-fayllar.org

Kuzgi marosimlar folklorijanrlaridan faqat ikkitasi-oxirgi tutam bug`doyni o`rib olish (“Oblo baraka”) va shamol chaqirish “Yo, haydar” marosimlarigina saqlanib qolgan.
Oxirgi tutam bug`doy – “ona bug`doy” de-yiladi. Qaysi o`roqchi ana shu tutamga yetib olsa, “yettim-yettim, oblo baraka bersin” deb uni o`rib oladi.
Yo, haydar” qo`shig`ida shamol homiysi sifatidagi haydar aslida Muhammad payg`ambarning kuyovi hazrati Ali bo`lib, unga shunday murojaat qilinadi:
Haydar-haydar,
Ota-onang o`libdir,
Moli senga qolibdir,
Bolang suvga oqibdir,
Shamolingni qo`yib ber.
Emishki hazrat Ali barcha tabiat hodisalari, jumladan, shamolning ham otasi sifatida uni o`z ixtiyorida tutib saqlarmish. Unga shu xilda murojaat qilinganda esa, tutib turgan shamolni qo`yibyuborarmish. Ikkinchi bir talqinda u Duldulini minib, qamchi bosarmish. shunda ot shiddat bilan chopayotganida yolining ko`tarilib tushishidan shamol hosil bo`larmish.
M.Jo`rayevning fikricha, yalli momo turkiy xalqlar mifologiyasida shakllangan obrazlardan biri bo`lib, choy momoga qaraganda qadimiyroqdir. Chunki unda shamol egalariga qurbonlik qilishning o`ziga xos bir ko`rinishi – shamol qo`g`irchoq yasab, dafn etish udumi saqlangan.1
Qishki marosimlar folkloriga “gap-gashtak” va “yas-yasun” marosimlari kiradi. Ular mehnat jarayoni bilan bog`liq emas.
Gap-gashtak” marosimi ba’zi joylarda gapxo`rlik deb ham yuritiladi. Unga ko`ra, dala mehnatidan bo`shagan erkaklar uzun qish kechalarini zerikib o`tkazmaslik uchun o`z uylarida yo choyxonalarda galma-gal ziyofat berishgan. Uni boshqaruvchi oqsoqol va yordamchisi bo`lib, ziyofat navbatini, tartibini, unda o`ynaladigan o`yinlarni nazorat qilgan va boshqarib borgan. Ziyofat oldidan polvontavoq kimning oldiga eltib qo`-yilsa, ziyofat gali o`shaniki sanalgan. O`tirish choyxo`rlikdan boshlanib, ishtirokchilar xohishiga ko`ra tayyorlangan taom tanovulidan keyingi o`yin- kulgilar bilan allamahalgacha davom etgan. Yarim tunda palov suzilgan. yana o`yin-kulgi va choyxo`rlik davom etgan. Nihoyat, davraboshi ruxsati bilan gapxo`rlar uy-uylariga tarqalganlar. Bunday gashtaklarda mayxo`rlik bo`lmagan. Bu marosim shaxsda o`zini davralarda tuta bilish, mehmon kutish va uning ko`nglini olish malakasini shakllantirgan va targ`ibot-tashviqot olib borish vazifasiga ko`ra madaniy-oqartuv xizmatini ado etgan.
Yas-yasun”ko`chmanchi chorvadorlar o`rtasida qimizxo`rlik marosimi sifatida yuzaga kelgan bo`lib, uning ma’nosi davrada o`tirish qoidalari demakdir. Ba’zi joylarda u “bo`zaxo`rlik” yoki “ko`na o`tirishlari” deb ham yuritiladi.
“Yas-yasun” sherdada o`tkaziladi. Sherdaning raisi, o`ng va chap otaliqlari (o`rinbosarlari) butun marosimga rahbarlik qiladi. Eshik og`asi (sherda o`tadigan uy xo`jayini), biy va uning o`rinbosarlari beradigan buyruqlarni bajartiruvchi yasovul, kosagul (soqiy) kabi javobgar shaxslar ham marosimda muhim vazifa bajaradilar.
Marosimning quyidagicha shartlardan iborat qat`iy talablari mavjud.
Ishtirokchilar:
– kosagul uzatgan bo`zani bir nafasda ichib yuborishlari lozim;
– kosadagi bo`zani to`kmasliklari yoki to`kib yubormasliklari shart;
– doim cho`kka tushib o`tirishlari va biy ruxsatidan so`nggina oyoq uzatib yoki yonboshlab o`tirishlari mumkin;
– sherda oxiriga qadar mastlik qilmay, odob saqlashlari shart;
– sherda o`tirishini faqat biy yoki eshik og`asi ruxsati bilangina tark etishlari mumkin;
– biy yoki o`rinbosarlarning topshiriqlarini so`zsiz ado etishlari lozim;
Kosagul sherda ishtirokchilariga bo`za tutganida turli to`rtliklar aytmog`i va sherda a’zolari ham unga javob qaytarmog`i shart.
Marosimda aytilgan to`rtliklarning sharti shuki, birinchi band qaysi so`z bilan boshlansa, ikkinchi band ham o`sha so`z bilan boshlanmog`i, shu asosda bandlararo anafora yuzaga kelib, ritmik-kompozision yaxlitlik ta’minlanishi shart. Masalan, kosagul sherda ishtirokchilariga bo`za uzata turib, shunday murojaat qiladi:
Alyor bo`lsin-ay,
Xo`jam yor bo`lsin-ay.
Xo`jam bergan davlatga
Dushman zor bo`lsin-ay.
Kosagulning bunday murojaat qo`shiqlari turlicha bo`lishi mumkin, eng muhimi, bir to`rtlik qayta takrorlanmasligi lozim. Bo`za uzatilgan kishi kosani ola turib, kosagulni yoki bo`zani alqab juft bayt yoki juft to`rtlik aytmog`i, bunda ikkala bayt ham yoki to`rtlik ham bir so`z yoki ibora bilan boshlanmog`i shart. Chunonchi:
Bo`za ichdim-boshga chiqdi xumori,
Yor qo`ynida qoldi bo`ynim tumori.
hech bahona topmas edim borgani,
Xo`b bahona bo`ldi bo`yning tumori.

Bo`zaning piyolasi ham lolasi,
Yigitga hamdam bo`lur qaynonasi.
Ul yigit chiqsa bo`zadan mas(t) bo`lib,
Oldiga o`ynab chiqar jononasi.
Yas-yusun marosimida aytiladigan bunday qo`shiqlar Turkiston, Sayram, qarnoq va Iqon atroflarida “haqqonalar yoki ko`nalar” deb yuritilsa, boshqa joylarda “bo`zagarlar qo`shig`I” deb yuritiladi.

Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin