2- mavzu: mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati


Oilaviy – maishiy marosimlar folklori



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə5/5
tarix26.11.2023
ölçüsü20,08 Kb.
#134933
1   2   3   4   5
2- mavzu mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ula-fayllar.org

Oilaviy – maishiy marosimlar folklori. O`zbek folklarida oilaviy-maishiy marosimlar folklori katta o`rin tutadi. Chunki insonning asosiy umri oilada kechadi. Insonning tug`ilishini, kamolotining ma’lum bosqichi, vafotini oilada maxsus marosimlar orqali qayd etish esa o`ziga xos an’anaga aylangan. Bu an’ana barcha xalqlar orasida bor. Inson hayotiga aloqadorligiga ko`ra oilaviy - maishiy marosimlar ikki katta guruhga bo`linadi.
1.To`y marosimlari
2.Motam marosimlari
To`y marosimi folklori.
Nikoh to`yi– to`ylarning eng yirigi va mas`uliyatlisi sanaladi. U orqali voyaga yetgan yigit-qiz qismati payvandlanadi, ularning oila qurishi aqdi nishonlanadi. Yigit va qizning umum oldida naslni davom ettirish va jamiyat nizomlari asosida yashash ahdini zimmalariga olganligi qayd etiladi.
Nikoh masalasi ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida barcha mamlakatlarda din va qonunlar bilan mustahkamlanib kelingan va kelinmoqda. hatto nikoh yoshi ham belgilanib qonuniylashtirilgan.
Nikoh to`yi uch bosqichli tarkibiy tuzilishga ega:
Birinchi bosqich. Nikoh kunigacha o`tkaziladigan marosimlarni qamrab oladi. Bunga beshikqudalik, qiz tanlash, sovchilik, “non sindirish” yoki “non ushatish”, “ro`mol berdi” yoki “oqlik o`rab berish”, fotiha to`yi, qalin olish, maslahat oshi, “Qiz yig`in” (qizlar majlisi yoki Buxoroda hinobandon) kabilar kiradi. Unashtirilgan qiz “boshi bog`liq” hisoblanadi. O`tmishda bu qizlarning soch turmaklashlari orqali ham anglatilgan. Unashtirilgungacha qizlar ko`cha-ko`yda sochlarini durra shaklida bir tutam qilib turmaklab yurgan bo`lsalar, unashtirilgandan keyin ikki tutam holatida turmaklab, ikki yelkalari osha tashlaganlar. Bu ularning band yo egalik bo`lganliklarini, demakki, endi ularga og`iz solmaslik lozimligini anglatgan.
Ikkinchi bosqichga kelinni olib kelish yo`lini ochuvchi nikohlashdan iborat tantanali kun kiradi. U nikoh to`yining oliy nuqtasi bo`lib, folklor aytimlariga, turli-tuman urf-odat va irim -sirimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda olkishlar, laparlar, yor-yorlar, kelin o`tirsinlar, kuyov o`tirsinlar, salomnomalar, kelin va kuyovni maqtovchi madhiya qo`shiqlar, sharbat yalatar, oyna ko`rsatar, isiriq tutatar aytimlari ijro etiladi.
Uchinchi bosqich kelin kuyovnikiga olib kelingandan so`ng, ya’ni nikoh kunining ertasidan boshlab o`tkaziladigan “bet ochar” yoki “kelin salom”, “kuyov salom”, “to`shak yig`di” (“joy yig`di” yoki Buxoroda “joy g`undoron”), charlandi (charlar yoki Buxoroda talbon), “kelin ko`rdi” (“ko`rdi” yoki Buxoroda kelinbinon) singari xilma-xil marosimlarni o`z ichiga oladi.
To`ydan oldingi kuni kechqurun qizning uyida uning dugonalari yig`ilib “Qizlar bazmi” yoki “Qizlar yig`ini” o`tkazadilar. Ba’zi joylarda uni “laparlar kechasi” deb ham aytadilar. Lapar aytishuvida kelin dugonalari bilan kuyov jo`ralari so`zda tortishishgan.
Lapar aytish an’anasi hozir Toshkent viloyatining Bo`stonliq, Parkent, Pskent, Yangiyo`l, shuningdek, Janubiy qozog`istonning Turkiston va Chimkent muzofotlarida yashovchi an’ana sifatida hamon davom etmoqda. Taniqli folklorshunos T.Mirzayevning ta’kidlashicha: «Ilgarilari obu osh tortilgach, hovlida gulxan yoqilib, hovli bazmi o`tkazilgan. Shundan keyin qizlar ro`mol yo-yilgan uyga, ya’ni kelinning sepi yo-yilgan maxsus tayyorlangan uyga kirganlar. Qizlar uy ichida, yigitlar tashqarida – eshik oldida yoki qizlar uyning to`rida, yigitlar poygakda tik turishib lapar aytishgan. Lapar aytishni e’tiborli kayvoni ayol, hamma tan olgan laparchi childirma jo`rligida yoki childirmasiz boshqarib turgan. Bunda boshqaruvchi ruxsati bilan ikki yigit o`z belbog`ini yechib, lapar aytib, o`ziga ma’qul bo`lgan ikki qiz oldiga tashlaydi. O`z navbatida, qizlar ham lapar bilan javob aytib, yigitlar belbog`iga biror narsa ( olma, nok, anor, tuxum, shirinliklar, qo`l ro`molcha Yoki xat) tugib qaytaradi. Buni “lapar solishish” deb aytiladi. Shu tariqa lapar aytishish davom etadi.2 Laparni, odatda, kuyov tomondan biror yigit boshlab bergan. Buni “Boshlang`ich laparlar” deyishgan, lekin so`zga chechan, tajribali laparchi ayol jarayonni nazorat qilib turgan. Bu laparning o`zida shunday ifodasini topgan:
Avval boshlab aytganda, qiz boshlamas,
Qiz boshlagan laparni el xushlamas.
Aytmayin deb bir xayol qilib edim,
Yoru jo`ram qo`ymadi, endi bo`lmas.

1O`sha maqola, 41-b.



2Qarang: O`TA, 1998, 1-son, 43 – b.





http://fayllar.org
Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin