4.2.Korxona bosh mexanigi (energetigi) vazifalari
- bino, inshoot, turli uskunalar, energetik sistemalarni o‘z vaqtida profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va to‘g‘ri ishlatish ishlari hamda sozlash ishlarini xavfsiz olib borish uchun javobgarlik;
- yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlarini, uskunalarni, bug‘ va suv isitish qozonlarini va boshqa bosim ostida ishlaydigan apparat va idishlarni vaqtida ko‘riklardan o‘tkazish, xavfsizlik texnikasi qoida va me’yorlari talablariga rioya qilgan holda to‘g‘ri ishlatish uchun javobgarlik;
- elektr uskunalarining, elektr zanjirlarining elektr
taqsimlovchi, yashindan himoyalash, erga ulash moslamalarining
nuqsonsiz ishlashini va sozligini uzluksiz nazorat qilish;
nazorat o‘lchov asboblari va shaxsiy himoya vositalarini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turilishi va sozligini nazorat qilish;
isitish va shamollatish sistemalarining holatini nazorat qilish;
mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimda ko‘rsatilgan tashkiliy-texnik tadbirlarning vaqtida bajarilishi uchun javobgarlik;
xavfli ishlarda ishlaydigan (bug‘ va suv isitish qozonlari, bosim ostida ishlayottan apparat va idishlar, yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlari) kasblar uchun xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnomalar tuzish, xavfsiz ish usullariga o‘qitish uchun javobgarlik
Sex boshliqlari va ustalarning vazifalari:
- barcha ishchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me’yor va qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlash, ish vaqtida xavfli va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq barcha ehtiyot choralarini nazorat qilish;
- ishlab chiqarish sharoiti bilan mos holda amaldagi mehnat muhofazasi me’yor va qoidalari asosida xavfsiz ish usullari bo‘yicha yo‘riqnomalar tuzishda qatnashish;
- barcha ishchilarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish qo‘l ostidagi bo‘lim xodimlari bilan xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnoma o‘tkazish;
Mehnat muhofazasi muxandisi vazifalari:
kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish;
barcha sex, bo‘limlar boshliqlari tomonidan mehnat muhofzasi bo‘yicha amaldagi qonun va qoidalarni hukumat va vazirliklarning qaror va nizomlarning hamda yo‘riqnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
-xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni to‘g‘ri ishlatilayotganligini nazorat qilish va ularni ishlab chiqishda qatnashish;
- mehnat muhofazasi bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni tayyorlash va hisobot xujjatlarini olib borish;
-mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab
chiqish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tashkiliy-texnik rejalar loyihasini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
-xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yangi zamonaviy konstruksiyalarni ishlab chiqishda va tadbiq qilishda qatnashish hamda ilg‘or korxonalarning va ilmiy tadqiqot institutlarining takliflarini ishlab chiqarishga tadbiq etishda jonbozlik ko‘rsatish;
-korxonani qishki va yozgi ish sharoitlariniiga tayyorlash tadbirlarida va ularning bajarilishida qatnashish;
-jamoa shartnomasida belgilangan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni bajarilishini tekshirish;
-bino va inshootlarni, uskuna va apparatlarni qurish, ta’mirlash loyixalarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish komissiyalarida qatnashish;
-ishchilar bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazish, muxandis-texnik xodimlar va xavfli mehnat sharoitlarida ishlovchilar bilan o‘quvlar tashkil qilish;
-tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilib turilishini nazorat qilish;
-sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
-tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilib turilishini nazorat qilib turish;
-sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylariga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi barcha qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
-xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xonalarni jixozlash, plakat va ogohlanirtuvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
-ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda, taftish qilishda va ularni ogohlantirish va bartaraf qilish tadbirlarida qatnashish;
-baxtsiz hodisalarni hisobga olish, rasmiylashtirish va tahlil qilish;
-korxona rahbariga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan hodimlarni taqdirlash, talab va qoidalarni buzgan xodimlarni javobgarlikka tortish haqida ma’lumotnoma berish.
Dostları ilə paylaş: |