2-Amaliy mashg‘ulot. Jarohatlarni o‘rganish. Yo‘riqnomalar Ishdan maqsad


Mehnat muhofazasi muxandisi quyidagi hukuqlarga ega



Yüklə 20,55 Kb.
səhifə3/4
tarix13.11.2022
ölçüsü20,55 Kb.
#119428
1   2   3   4
2-Amaliy mashg‘ulot.

4.3.Mehnat muhofazasi muxandisi quyidagi hukuqlarga ega:
- sex, uchastka, bo‘lim boshliqlariga xavfsizlik texnikasi talab va qoidalarining buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berish. Bu ko‘rsatmalar faqat korxona rahbari va bosh muxandis tomonidan bekor qilinishi mumkin;

  • ishlovchilarning hayotiga va sog‘lig‘iga yaqqol xavf mavjud bo‘lgan uskuna, dastgoh, mexanizm va sexlarda ishlashni ta’qiqlashi yoki vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishi mumkin va bu xaqda korxona rahbariga darhol xabar berishi kerak;

  • xavfsizlik texnikasi talablariga mos kelmaydigan uskuna, asbob va qurilmalarni ishlatishdan olib qo‘yilishi choralarini ko‘rish;

  • sex, uchastka va bo‘lim boshliqlaridan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida taftish qilish va muntazam ravishda hisobotini olib borishni talab qilish

  • sex boshlig‘i bilan birgalikda xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini buzuvchilarni vaqtinchalik ishdan chetlashtirish.

Mehnat muhofazasi muxandisi bevosita korxona direktoriga va bosh muxandisga bo‘ysunadi.
U o‘z ishini korxona kasaba uyushmasi, mehnat muhofazasi komissiyasi, tarmoq kasaba uyushmasining texnik noziri, Davtexkonnazorat, Davenergonazorat, Davsannazorat va Davlat yong‘in nazorati inspeksiyalari bilan birgalikda olnb boriladi.


4.4.Umumiy ma’lumotlar.
Korxonalarda mehnat muhofazasidan ishlatiladian xujjatlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
- me’yoriy (mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar, qurilish me’yor va qoidalari, sanitariya me’yorlari, mehnat muhofazasidan yo‘riqnomalar va sh.o‘.);
-texnik (uskuna va dastgohlarni ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik pasport va boshqalar);
- rejalar (mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasi
va sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksi rejasi, jamoa shartnomalari, mehnat muhofazasi va ijtimoiy masalalar bo‘yicha bitimlar, baxtsiz hodisalarning sabablarini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar. Davlat nazorati va mehnat texnik nozirlarining ko‘rsatmalari, mehnat muhofazasi kunlari va uch pog‘onali nazorat vaqtida tuzilgan tadbirlar va b.);
-buyuruvchi (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnoma
xatlar va yuqori tashkilotlarning hujjatlari);
-rasmiylashtiriluvchi (yo‘riqnoma va kurs o‘quvlarini jurnallarga yozib qo‘yish, taftish dalolatnomalarn va baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish jurnallari, mehnat muhofazasining uch pog‘onali nazoratini aks ettiruvchi jurnal, korxonalarni maxsus poyafzal, ximoya vositalari va boshqalarni hisobga olish shaxsiy kartochkalari;
- hisobot (jarohatlar haqida hisobotlar).
Ushbu amaliy mashg‘ulotda ayrim rasmiylashtiriluvchi va hisobot jurnallari ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 20,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin