IP – buyruq ko’rsatkichi va F – bayroq registri.
IP registrida bajariladigan buyruqning nisbiy (CS ga nisbatan) adresi hosil bo’ladi.
F registida quyidagi to’qqiz razriyad ishlatiladi:
C – kochish (uzatish),
P – juft,
A – yordamchi kochish,
Z – nolli natija,
S - belgi,
T – qadamba-qadam tartib,
I – uzilishga ruxsat berish,
D – yo’nalish,
O – to’lib ketish.
Foydalanilmaydiga razriyadlar rasmda bo’yalgan.
Xotiraga ajratilgan murojaatli arxitektura Xotiraga ajratilgan murojaatli xotiraga asosiy xotiraga murojaat faqat ikkita maxsus buyruq orqali amalga oshiriladi: load va store. load (yuklash) buyrug’i asosiy xotiradan qiymatni o’qiydi va uni protsessor registriga ko’chiradi (odatda buyruqda xotira yaycheyka adresi va registr tartib nomeri ko’rsatiladi).
Ma’lumotni teskari tartibda uzatishda store (saqlash) buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlaydigan barcha buyruqlardagi operandlar faqat protsessor registrlarida joylashgan bo’lishi mumkin (ko’pinch aumum ishlov regitrlarida).
Operatsiya natijasi ham regestrda joylashadi.
Arxitekturada asosiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishga imkon beradigan, qayta ishlash buyruqlari mavjud emas. Operand buyruq kodining bir qismi bo’lgan BTA-da cheklangan sondage buyruqlarga ruxsat beriladi.
Xotiraga ajratilgan murojaatli arxitektura RISC-arxitekturali barcha hisoblash mashinalari uchun xarakterlidir.
Odatda buyruqlar 32 bit uzunlikka va uch adresli formatga ega. Xotiraga ajratilgan murojaatli hisoblash mashinalariga misol qilib HP PA-RISC, IBM RS/6000, SPARC, MIPS R4000, DEC Alpha va hokazalrni olish mumkin. BTA ning afzalliklari dekodlashtirish va buyruqlarni bajarishning soddaligi mansub bo’ladi.
INTEL – x86 adreslash
Intel-8086 (К1810ВМ80) ikki adresli buyruqlar tizimiga ega.
Uning asosiy xususiyati shundaki operativ xotirada ikkala operandni adreslash buyrug’ining yo’qligidir. So’z yoki baytlar ketma-ketligini uzatish va taqqoslash buyruqlaridan tashqari.
Buyruqlar quyidagi operandlar kombinatsiyasiga ruxsat berilgan: RR, RS, RI, SI.
R - operand UIR registrlaridan birida joylashgan,
S – operand tezkor xotiraning yaycheykasida joylashgan bo’lib, uning adresini adreslash usullaridan biri orqali shakllantiriladi,
I – operand buyruqning o’zining adres maydonida joylashgan.
Buyruq formatiga quyidagilar ta’sir qiladi:
tezkor xotirada joylashgan operandni adreslash usuli,
foydalanilayotgan bevosita operand uzunligi, hamda
nisbiy adreslash rejimlarida ishlatilayotgan siljishning mavjudligi va uzunligi.