3-mavzu. Axborot sohasida globallashuv. Zamonaviy ochiq axborot tizimlari tavsifi reja: Globallashuv tushunchasi tasnifi. Axborot makoni globallashuvi


Mamlakat axborot takomilidagi tahdidlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/2
tarix04.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#131120
1   2
4-MAVZU

Mamlakat axborot takomilidagi tahdidlar


Axboriy tahdidlarga qarshi kurashning yaxshi yo‘llaridan biri – mamlakat o‘zini o‘zi axborot bilan ta’minlashi. Albatta, bunday axborot to‘liq, sifatli va haqqoniy bo‘lishi shart, aks holda jamiyat a’zolari yanada xorijiy manbalarga murojaat etadilar va bunga hech kim to‘siqlik qilolmaydi. Aslida ichki xududni axborot bilan yetarli darajada ta’minlash uncha ham qiyin emas, chunki bugungi kunda axborot texnologiyalari juda keng ishlatilmoqda va axborot tarqatadigan subyektlar mamlakatning hamda dunyoning turli burchaklaridan xohlagan ma’lumotlarni olib mamlakat ichida tarqatishi mumkin. Faqat ushbu ishda loqaydlik va o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki inson psixologiyasining shunday bir xususiyati borki, agar u biror bir voqea bo‘yicha uch-to‘rt soat ichida ma’lumot (jumladan, rasmiy) ololmasa, paydo bo‘lgan axborot bo‘shligini har xil uydirma va mish-mishlar to‘ldiradi.
Birinchi Iroq urushi paytida Iroqning o‘sha davrdagi prezidenti Saddam Husaynning kuchli armiyasi bor edi. Ammo mazkur armiya bir necha kun ichida AQSh harbiylari tomonidan tor-mor qilindi. Buning sababi nimada? Birinchi o‘rinda AQSh harbiylari Iroq armiyasining harbiy kommunikatsiyalarini, jumladan, kompyuterlarini ishdan chiqardilar. Bundan keyin texnika va askarlarni yengish qiyin bo‘lmadi.Mazkur misoldan har bir mamlakat o‘z axborot tizimlarini xavfsizligini ta’minlashi naqadar muhim ekanligini anglab olish qiyin emas.
Axborot va telekommunikatsiya vosita va tizimlari xavfsizligiga tahdidlar.

Axborot – psixologik ta’sir vositasi sifatida

Inson uchun axborot – eng ta’sirchan vositadir, chunki uning ongi bor. Mantiqiy isbot, qolaversa, axborot yetkazishning eng oddiy usullari shu qadar katta kuchga egaki, unga hech kim hech narsani qarshi qo‘yolmaydi. Shuning uchun targ‘iboti haddan kuchli mamlakatning aholisi fanatiklarga o‘xshaydi, masalan, Gitler davridagi nemis byurgerlari. Insonning tabiati shunday yaratilganki, u axborotni qabul qilmasdan, uni tushunishga harakat qilmasdan yasholmaydi. har bir odam ma’lumotni ko‘radi, eshitadi, o‘qiydi va, eng muhimi, doimo, uzluksiz ravishda, kechayu-kunduz unga yetib boradigan axborotning ta’sirida yashaydi. Shuning uchun axborot yordamida kimgadir ruhiy ta’sir qilmoqchi bo‘lganlarga o‘sha odamning psixologiyasi ko‘maklashadi, agar ushbu inson axborotni o‘ylamasdan qabul qilaversa.


Inson ruhiyati bioijtimoiy tabiatga ega ekanligini ko‘pchilik bilsada, bu holatga va bundan kelib chiqadigan oqibatlarga uncha ham e’tibor berilmaydi. Bioijtimoiy tabiat esa inson hulqi va ongi uchun yetakchi omil. Demak, keng auditoriya bilan ishlash jarayonida psixologiya qonunlarini bilmasdan samarali faoliyat ko‘rsatib bo‘lmaydi. Inson psixologiyasining negizini biologik fazilatlar tashkil etadi, odatda biologik jihatdan tinch bo‘lgan oddiy odam ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishga qodir. Zigmund Freyd, Karl Yung va shular kabi faylasuf-psixologlar isbotlab berilgani bo‘yicha, inson ongining fundamentini ongsiz biologik xususiyatlar (shaxsiy va jamoaviy ongsizlik) tashkil etadi. Shunday ekan, axborot xavfsizligi sohasida ixtisoslashayotgan mutaxassislar buni e’tiborga olishlari zarur.
Shaxs ruhiyatining bioijtimoiy tabiati, uning xususiyati, shakllanishi va boshqariluvi, kishining shaxsiy tavsifi va axborot-psixologik xavfsizlik tahdidi tizimida uning ahamiyati.
Jamiyat axborot–psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari
Bunday manbalar ko‘p, ularning asosiy qismi shaxs axborot–psixologik xavfsizligiga tahdidning manbalari tarkibida keltirildi. qo‘shimcha ravishda butun jamiyat va millatga xavf solayotgan manbalarni keltirish mumkin, masalan, millatchilikni, shovinizmni, imperiyaviy tafakkur, mafkuraviy ekspansionizm va boshqa shu kabi illatlarni qo‘zg‘atuvchi davlatlar, tashkilotlar va shaxslar

Axboriy xurujni hudud jihatdan turlari

Axborot bilan ishlash mexanizmlari

Zamonaviy bosqichda shaxsning axboriy-psixologik xavfsizligiga tahdidlarning asosiylari


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin