7-rasm. SPSSdaturida Afaziya turlari uchun Pareto diagrammasi
Tarjimai xol VILFREDO PARETO (1843–1923) Pareto printsipi Parijda italiyalik oqsuyaklar oilasida tug’ilgan Vilfredo Pareto Turin universitetida muxandislik va iqtisodiyot sohasida taxsil olgan. Ota-onasi vafotidan so’ng, Pareto muxandislik ishini tashlab, Italiya hukumatining shafqatsiz iqtisodiy siyosati to’g’risida yozishni va ma’ruzalar o’qishni boshlaydi. 1986 yilda Shvetsariyadagi Luzanna unversitetidaligida u o’zining birinchi ishini chop qildi. Cours d’économie politique. Ushbu ishida, Pareto jamiyatda daromad va boylikning taqsimlanishi tasodifiy emasligini, balki butun tarix davomida barcha jamiyatlarda o’zgarmas bo’lganligini isbotlash uchun murakkab matematik formulalarni keltiradi. Muhim jihati, Pareto umumiy boylikning 80 foizi 20 foiz oilaga tegishli ekanligini ko’rsatib berdi. Ushbu mashhur qonun iqtisodiyotda Pareto printsipi nomi bilan keng tarqalgan.
Sifat ma’lumotlarini grafik tasvirlash usullari bo’yicha xulosa Ustunli grafik: sifat o’zaruvchilarning kategoriyalari (sinflari) ustunlarda aks ettiriladi, bunda har bir ustunning balandligi sinf chastotasi, sinf nisbiy chastotasi yoki sinfning foiz nisbatiga teng bo’ladi. Doiraviy diagramma:sifat o’zaruvchilarning kategoriyalari (sinflari) doiraning qismlari sifatida aks ettiriladi. Har bir qismning o’lchami sinf nisbiy chastotasiga proportsional bo’ladi. Pareto diagrammasi:sifat o’zgaruvchining kategoriyalari(sinflari) bilan ifodalangan ustunli grafik bo’lib, balandlik bo’yicha chapdan o’ngga kamayish tartbida joylashtiriladi.