5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix25.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#130943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

Amaliyot.
Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni 
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, 
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi. 
Amaliyotning tarkibiy qismlari: 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot 
vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar. Maqsad sub’ektga yoki odamlar 
guruhiga xos. Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi. Pirovard maqsad 
muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara 
bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi 
falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi odamning 
faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyatning o‘zi maqsad 
timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, balki kuchni 
tan oladigan tabiat bilan to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi. Bu 
nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. 
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad 
ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy 
harakat bajariladi. Amaliy harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi. 
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga 
yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot 
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni 
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, 
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga 
ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z 
aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar. 
Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa 
bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular 
o‘rtasida subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi. Dunyodagi barcha narsalar va 
hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat 
ijtimoiy ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, 
individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki 
siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi 
bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi 
tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid 
bo‘lishi mumkin.
Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. Nazariya va amaliyot 
o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni rivojlantirish, uning 
samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt va jamiyat yaxshi 
amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha 
ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan amaliyoti, til 
amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni amaliyotning barcha 
shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi. 


Adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O‘zbekiston”, 2014. 24 b 
2. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947sonli 
Farmoni. 
3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 
– Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 
4. Mirziyoyev Sh.M. Yerkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. 
5. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O‘zbekiston 1996-2016. 
6. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 176-
b. 
7. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. – T.: O‘FMJ, 2006. 339 b. 
8. Shermuxamedova N.A. Falsafa. – T.: Noshir, 2012. 1214 b. 
9. Falsafa asoslari. Q.Nazarov tahriri ostida. –T.: «SHarq», 2005 
10. Yassaviy Xoja Axmad Devoni xikmat. -Toshkent: Navro‘z, 2018 
11. Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi. -Toshkent, Noshir, 2016 

Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin