5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1


Haqiqatni bilishda nazariya, amaliyot va faoliyat birligi



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix25.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#130943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

2.
Haqiqatni bilishda nazariya, amaliyot va faoliyat birligi.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, 
chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’i nazar mavjuddir. 
Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish 
in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi 
mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan 
boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. SHu ma’noda haqiqat – bilish 
rivojlanishining yakuni va omilidir.
Falsafa tarixida haqiqat
(bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq 
ta’riflangan. «Avesto»da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga 
intilgan. Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – 
mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga 
mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu 
g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy 
haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan 
aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni 
bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga 
qo‘shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan 
boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. SHuningdek, Forobiy va uning 
izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham 
bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani 
haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan
4


Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin