5-mavzu: Morfemika. So’zlarning yasalishi amaliy mashg’ulot


-ilova.Mutaqil ishlarni tekshirish



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə6/6
tarix17.02.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#123468
1   2   3   4   5   6
Тех харитаси

3-ilova.Mutaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
Namuna: Bosmachilik harakatidan ko’z-quloq bo’lib turmoq uchun Keyli Farg’onada qoldi. (S. Kalmikov.) Ko’z-quloq bo’lib turmoq –ibora, xabardor so’ziga teng.
4-ilova.Blits texnologiyasi. (Talabalar blits savollariga tegishli tartibda o’z javoblarini belgislaydilar)

1

CHetdan kirib kelgan so’llarga ……deyiladi.




10

Etti,etdi

2

Frazeologiya bo’limining obьekti nima?




6

Qarluq, qipchoq, o’g’iz

3

Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?




2

iboralar

4

Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?




4

Faol qatlamga

5



Ibora qanday til birligi hisoblanadi?




7

Syazlarning lug’aviy ma’nolari

6

O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.




9

Kiyim turi

7

Leksikologiyada nima o’rganiladi?




8

SHeva

8

Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.




5

leksik

9

Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.




1

o’zlashgan so’zlar

10

Paronim so’zlar qatorini toping




3

Arab tilidan

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.
Tekshirish uchun namuna

1

CHetdan kirib kelgan so’llarga ……deyiladi.




10

Etti,etdi

2

Frazeologiya bo’limining obьekti nima?




6

Qarluq, qipchoq, o’g’iz

3

Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?




2

iboralar

4

Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?




4

Faol qatlamga

5



Ibora qanday til birligi hisoblanadi?




7

Syazlarning lug’aviy ma’nolari

6

O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.




9

Kiyim turi

7

Leksikologiyada nima o’rganiladi?




8

SHeva

8

Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.




5

leksik

9

Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.




1

o’zlashgan so’zlar

10

Paronim so’zlar qatorini toping




3

Arab tilidan



5-ilova. Mustaqil va ijodiy ish. Talabalar o’tirgan joylariga qarab 3 qatorga bo’liniadilar va har bir qatorga alohida quyidagi tartibda o’tilayotgan mavzu asosida mustaqil ishi topshiriladi:(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)
1-qator-Frazeolgik birlik ega vazifasida kelgan ikkita mazmunli gap tuzib izohslaydi.
2-qator- Frazeolgik birlik kesim vazifasida kelgan ikkita mazmunli gap tuzib izohslaydi.
3-qator- Frazeolgik birlik to’ldiruvchi vazifasida kelgan ikkita mazmunli gap tuzib izohslaydi.


6-ilova.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)
Namuna
1. Qaysi iboraning ma’nosi tegajoq so‘zining ma’nosiga teng keladi?
A) tutgan yeridan kesadi. B) tepa sochi tikka bo‘ldi. C) yerga ursa ko‘kka sachraydi D) tekkanga tegib tegmaganga kesak otadi.
2 So‘z va ibora o‘zaro sinonim bo‘lgan qatorni toping.
A) tinchidi, ko‘ngli joyiga tushdi; B) mum tishlamoq, og‘ziga tolqon solmoq; C) o‘jar, tutgan yeridan kesadi; D) A va C
3. Frazeologik sinonimlar qatorini ko‘rsating.
A) yulduzni benarvon uradigan, abjir; B) C, D C) burni ko‘tarilmoq, dimog‘i shishmoq; D) boshi ko‘kka yetmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq;
4. Qaysi qatordagi ibora mug‘ambir so‘ziga sinonim bo‘ladi?
A) oyog‘ini tirab olmoq B) dilini og‘ritdi C) ilonning yog‘ini yalagan D) mehri tosh
5. Qaysi iboraning ma’nosi beparvo, beg‘am so‘zlariga sinonim bo‘ladi?
A) qush kabi yengil tortmoq B) do‘ppisi yarimta C) chuchvarani xom sanamoq D) kayfi xush
6. 1) parvoyi falak; 2) dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqmaslik; 3) oshig‘i olchi; 4) do‘ppisi yarimta. Ushbu iboralardan qaysilari o‘zaro sinonim?
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) ,2,3,4 D) 1,2,4
7. Qaysi qatordagi birliklarda so‘z o‘z ma’no mustaqilligini yo‘qotgan holda qo‘llangan?
A) ushoqlarni termoq B) ko‘nglini bo‘shatmoq C) shu o‘lkada qolmoq D) A va B . Quyidagi gapda qo‘llangan iboraning qanday ma’noga egaligini belgilang. Bizning orzularimiz ko‘p edi, ammo peshanamizga yozilgani shu bo‘ldi. A) taqdir B) orzu C) qismat D) A va C.
8. Quyidagi iboralarning qaysi biri nisbatan keng tushuncha ifodaslaydi?
A) ko‘ngil bermoq B) ko‘ngil bog‘lamoq C) ko‘ngil qo‘ymoq D) yaxshi ko‘rmoq
9. O‘zaro sinonim bo‘lgan iboralar qo‘llangan gapni toping.
A) Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elda turaman, Har ish bo‘lsa, peshonamdan ko‘raman. B) Yaqinda peshonamdagi yolg‘iz onajonim ham betob bo‘lib qoldi.
C) Taqdirga tan berib, nima bo‘lsa, peshonamdan ko‘rarman, deb xayol qildi. D) Peshonamizga bitgani shu bo‘lsa, qandoq qilaylik, oyi!
10. Quyidagi iboralardan qaysi biri bog‘lovchi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) shunga qaramay B) bo‘lsa, bordir C) u yoqda tursin D)ammamning buzog‘i


7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil.
Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin