DAVLAT-Hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar tizimiga ega bo‘lgan mamlakat.
DAHA-Shaharning yoki viloyatning ma’muriy-hududiy bo‘limi.
Devon – (arabcha) – davlat bosh idorasi.
Demokratiya – (yunon. Demos – xalq, va ....kratiya) – fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarinibelgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko‘pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqliligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bo‘linish, davlat boshlig‘i va vakolatli organlarning saylab qo‘yilishi. Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig‘ilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo‘li bilan qabul qilinadi) va vakillik Demokratiyasi (qarorlar saylab qo‘yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq Demokratiyaning kurtaklar bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o‘zining so‘nggi cho‘qqisiga erishgani yo‘q.
Diktatura (lot. diktatura – cheklanmagan hokimiyat) – davlat xokimiyatini nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha, avtoritar yoki totalitar rejim. Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimda hokimiyat bir shaxs – diktator yoki bir necha shaxslarning qo‘lida markazlashadi, siyosatda zo‘rovonlik va terror kuchayadi. Diktatura o‘rnatilgan ligi diktatorlik hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya e’lon qilgan demokratik huquqlar va erkinliklar toptalishi, vakillik organlarining huquqlari cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘rovonlikka tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar Diktaturani ifoda etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘lsada, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi (qadimgi Rimda harbiy boshliqlar Diktaturasi va triumviratlar, iutloq monarxlar, hozirgi avtoritar tuzumlar, xuntalar va h.k.). biron – bir davlatda Diktatura o‘rnatilishi, odatda, ichki o‘zaro kurash g‘oyat keskin tus olgan davrlar bilan bog‘liq bo‘lgan (mas., Ispaniyada Franko Diktaturasi, natsistlar Germaniyasida fashistlar Diktaturasi, sobiq sho‘rolar davrida Stalin Diktaturasi va b.).