O'SISH HARAKATLARI Evolyutsiya jarayonida o'simliklarda hujayralarning qaytmas cho'zilishi asosida maxsus harakatlanish shakllangandir. Ushbu usul o'q organlarining uzayishi, barg plastinkasi yuzasining kengayishi va hujayralarning cho'zilishi tufayli yuz beradigan nastik harakatlarning asosini
tashkil qiladi. Hujayralarning qaytmas cho'zilishi o'simliklarning oziq muhiti manbasi tomon harakatlanish imkonini beradi.
Cho’zilishlio'sish hisobiga harakatlanish.Cho'zilish tufayli o'sish hodisasi hujayrada markaziy vakuolaning vujudga kelishi, unda osmotik faol moddalarning yig'ilishi, suvni surilishi va hujayra devorining yumshashi hamda chuzilishini o'z ichiga oladi. Bunda vakuolada hosil bo'lgan turgor bosimi, hujayra devori chuzilishining asosini tashkil qiladi. Hujayra devorining cho'zilishi unga keluvchi yangi polisaxarid molekulalari tufayli ushlab turiladi. Ammo hujayra devori unga bulayotgan bosimga teng ravishda qarshi bosim ko'rsatadi. Mana shu tufayli hujayra va to'qimalarning tarangligi (tonusi) ushlab turiladi. Hujayraning cho'zilishi bilan bir vaqtda sitoplazma komponentlari ham sintezlana boshlaydi. Cho'zilishning boshqarilishi gormonlarning faoliyati tufayli ro'y beradi.
Hujayralarning cho'zilish tufayli o'sishida asosiy vazifani ISK bajaradi. Auksin novdaning uchki qismida sintezlanadi va cho'zilish zonasiga harakatlanib cho'zilishga tayyor hujayralarning o'sishini indutsirlaydi. Cho'ziluvchi hujayralarda auksin sitoplazma membranalaridagi retseptorlar bilan o'zaro ta’sirda ba'ladi. Ushbu o'zaro ta’sir natijasida hujayra devori shakllanish bosqichlarning nordonlashishi va hujayralardan N+-ionlarining chiqishi ro'y beradi. Shuning bilan birgalikda membrana potentsialining geper qutblanishi ro'y beradi.
Binobarin, plazmolemma N+-pompasining auksin tufayli faollanishi cho'zilishli o'sish induktsiyasining eng birinchi hodisasidir. Hujayra devori sintezi bosqichlarining nordonlashishi ularning yumshashiga, pektat tarkibidan Ca2+chiqishiga, bir qism vodorod bog'larining kuchsizlanishiga, nordon gidrolazalar faoliyati uchun kerakli muhit pH ning hosil bo'lishi va hujayra devorining cho'ziluvchanligini oshiradi. Shuning bilan bir vaqtda ISK, retseptorlar bilan birgalikda oqsillar va RNK sintezini faollashtiradi. Oqsillar va RNK sintezining faollashishi hujayraning cho'zilishli-o'sishining zaruriy shartidir. Nafas olish jarayonining jadallashishi esa cho'zilishli-o'sishdagi barcha metabolik jarayonlarni energiya bilan taminlanishini ruyobga chiqaradi.