Ishni bajarish tartibi. Spektrograf ishga tayyorlanadi (uch linzali yoritish sistemasi joyiga o‘rnatiladi, temir elektrodlari tozalanadi va shtativga o‘rnatiladi, generatorning yoy rejimi tanlanadi, tirqish kengligi 0,015 mm qilib, unga Gartman diafragmasi o‘rnatiladi). Fotoplastinkani ochiltiruvchi va tasvimi mustahkamlovchi eritmalar tayyorlanadi. Fotoxonada kassetaga fotoplastinka joylashtiriladi va u spektrografga o‘rnatiladi. Navbat bilan t irqish 5,10, 15 va 20 sek mobaynida ochib plastinkaga spektr tushiriladi. Olingan spektr tegishli eritmalarda ochiltiriladi va mustahkamlanadi. Plastinkadagi spektrdan spektral atlas yordamida xarakteristik gruppalarga tegishli 10 ta chiziqning to‘lqin uzunligi topiladi.
Hazorat savollari: 1. Spektroskopik tahlil usullari tasnifi nimadan iborat?
2. Atom-absorbsion spektral tahlil nimani o’lchashga asoslangan?
3. Atom-absorbsion tahlilda qaysi xatoliklar uchraydi?
4. Molekulyar ishlatiladigan radiatsiya manbalarining tavsifini bering.
2.7. POLYAROGRAFIK USUL Polyarografik usul- tekshiriluvchi moddaning elektroliz jarayonida qaytarilishi yoki oksidlanishi natijasida hosil bõladigan tok kuchini ölchashga asoslangan elektrokimyoviy tahlil usulidir. Moddaning elektrolizi jarayonida hosil böladigan elektr tokining yacheykaga tasir ettirilgan kuchlanishga bog'liqligi voltamper grafigi tarzida ifodalanib, polyarografik to’lqin deyiladi.
Polyarografiya analizini 1922-yil Y.A. Geykovskiy kashf etgan va hozirgi paytda u moddalarni fizik kimyoviy taxlil va tadqiq qilishda keng miqyosda qo’llaniladi. Polyarografik usul kimyoda har xil organik moddalarning sifat miqdoriy tahlilida eng muhim zamonaviy usullardan hisoblanadi. Mazkur “polyar” “qutb” degani. Elektrokimyoviy analiz usulida “qutblanish” jarayonlaridan foydalaniladi. Poyarografik analiz usuli elektrolit eritmalarudan elektr toki o’tkazilganda eritmadagi kimyoviy modda molekulalarining qutblanishini o’rganishga asoslangan bo’lib, unda elektrodlar simob ustunlar ishlatiladi.
Elektroliz boshlanishida elektrodlarga beriladigan sekinlik bilan ortib boruvchi kuchlanish ta'sirida tok kuchi juda oz özgarib bu volt amper grafigida ,,qoldiq tok" deyiladi (2.26-rasm). Taxlil qilinayotgan moddaning qaytarilish potensiali qiymatida tok kuchining keskin ravishda ortishi kuzatilib, bu tok ,,tok ortishining chegara qiymati " deyiladi.