A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI
OSHIRISH
”
o‘quv kursining
“Murakkab tenglamalarni yechish usullari” mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Jumayeva Fotima Bekmurodovna
Toshkent 2021
MURAKKAB TENGLAMALARNI YECHISH USULLARI
Reja:
1.
Tenglama va ularning turlari haqida ma’lumot
2.
Tenglamalarni yechish bosqichlari
3.
Tenglamalarni amallarning natijalari orasidagi bog’lanish
asosida yechishning bir nechta ko’rinishlari
4.
Murakkab tenglamalar va ularning yechimini topish
Tenglama va ularning turlari haqida ma’lumot
Boshlang’ich sinf matematika kursida tenglamalar amallar natijalari va
komponentlari orasidagi bog’lanishlar asosida yechiladigan hamda sonni tashkil
qiladigan tenglik shaklida ko’riladi. O’quvchilarni tenglamalar va ularning yechili
sh
usullari
bilan tanishtirish
ularning
matematik atamalarni va amallarni puxta o’zlashtirishlariga olib keladi.
O’quvchi qachonki
amal o’rtasidagi bog’lanish va atamalarni ongli ravishda bir qolipga sola olsagina,
tenglamalarni yechishga o’rgatish jarayoniga o’tish mumkin.
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilarining
matematik
bilimlarini va tushunchalarini shakllantirishda sonli va harfiy ifoda, tenglama
tushunchalarining o’rni nihoyatda kattadir. O’quvchilar tomonidan
tenglamalarni tuzish va ularni bajarishga oid topshiriqlar tafakkurga yo’naltirilgan,
ijodiy mazmundagi topshiriq ko’rinishlardan biridir. Bunday turga mansub
topshiriqlarni
a)ifoda tuzish
b)tenglama tuzish
larga ajratib tahlil qilinadi.
O’quvchilarda ifoda tuzish malakasi shakllantirilgandan
so’ng
ifoda tuzish biroz murakkablashtiriladi. Endi ularda ifoda tuzish
emas,
balki “noma’lum qo’shiluvchini topish”, “noma’lum kamayuvchini topish”, “noma
’lum ayriluvchini topish”
kabi murakkablashtirilgan
ifodalarni tuzish masalasi turadi.
Tenglamalar tuzish, ularni yechimini topishni o’rganishdan avval tenglama
tushunchasiga to’xtalib o’tsak.
Dostları ilə paylaş: |