189
daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyatining
natijalari uchun
mukofot tashkil qiladi.
5.
Mulk-biznes.
Tadbirkor.
Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum
tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk
ob‘ekti – biznes chiqadi. Chunki nafaqat mehnat, Еr va kapital, balki faoliyatning
alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni yaratish» xususiyatiga ega.
Shaxsiy
boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy missiya iqtisodiy
faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi. U topgan yangi qarorlar asta-
sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar –
bu nafaqat yangi
imkoniyatlar, balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o‗zida mulkdor va tadbirkor
sifatida ishtirok etuvchi mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu
tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan ajralib chiqadi. Unda hatto o‗zining,
mulkdordan alohida mulk ob‘ekti – biznes paydo bo‗ladi.
Sarmoyador
.
Tadbirkorning o‗zga mulkka bo‗lgan talabi kapitalni
qiymatga ega bo‗lgan cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o‗zida
tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va o‗ziga tegishli cheklangan resurs –
kapitaldan foydalanish huquqini to‗lov evaziga sotuvchi sarmoyador-mulkdorning
ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo‗ladi. Sarmoyadorning
shaxsiy maqsadi mulkdan
(kapitaldan) olinadigan daromadni ko‗paytirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: