183
2.
Oliy mulk
davlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko‗p
hollarda mulkni, masalan, Еrni zo‗rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati bo‗lgan.
Oliy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
a) mulk va hokimiyatning bo‗linmasligi;
b) xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya
qilish shaklida faoliyat
bilan almashish;
v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik);
g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi;
d) ishlab chiqaruvchining o‗z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Davlat boshlig‗i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o‗z
fuqarolariga tarqatgan (hadya qilgan). Еrni egalikka olish va undan foydalanish
sharti davlatga xizmat qilishdan iborat bo‗lgan. Oliy
hokimiyat ixtiyorida eng
muhim ta‘sir etish vositasi – tortib olish (tasarruf etish) huquqi qoldirilgan. Bu bir
vaqtning o‗zida ikkita o‗zaro bog‗liq vazifani hal etish imkonini bergan: ishlab
chiqaruvchining
ehtiyojlarini
qondirish
va
ishlab
chiqaruvchini
o‗zi
foydalanadigan resursni takror Еtishtirishga majbur qilish.
Asta-sekin vaqt o‗tishi bilan oliy mulkchilik
instituti sharoitida, davlat
monopoliyasi xo‗jalik faoliyati mahsulotlari bilan
almashuv rivojlanishiga
to‗sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy ehtiyojlarning ta‘siri ostida mulkchilik instituti
o‗zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish usullariga xos bo‗lgan ikki xil
institut shakllandi: tabaqali va ko‗p pog‗onali mulk.
3.
Tabaqali mulk
– oldingi davrda asosiy mehnat sharti bo‗lgan
tabiiy
resurslarga
tabaqali
monopoliyalarning
shakllanishi
bilan
tavsiflanadi,
dvoryanlarning o‗zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqining
kengayib borishi bilan izohlanadi.
Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mulkdorlar sinfining paydo bo‗lishi;
b) ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo‗lishi;
v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy
huquqlarning cheklangan
xususiyati;
184
g) ishlab chiqaruvchining o‗z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo
bo‗lishi. Rivojlanishning Еvropa modeliga xos bo‗lgan tabaqali mulkchilik instituti
davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o‗tish bosqichi sifatida ta‘riflanadi.
4.
Dostları ilə paylaş: