Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Implitsit  1. Shartnoma tomonlarining tavsifi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Implitsit 
1. Shartnoma tomonlarining tavsifi 
Ishtirokchilarning 
har 
birining 
o‗rnini 
bosadigan 
shaxsni 
topishning 
osonligi. 
Natija 
ishtirokchilarning 
tarkibiga bog‗liq emas. 
Tomonlar 
xatarga 
nisbatan 
bir 
xilda 
betaraf. 
Teng 
o‗rinbosar 
topishning 
qiyinligi 
tufayli 
shartnoma 
tomonlari 
bir-biriga 
bog‗liqligining 
yuqori 
darajasi. 
Tomonlar 
xatarga nisbatan betaraf. 
Bitim ishtirokchilarining ikki 
tomonlama bog‗liqligi: natija 
ularning birgalikda faoliyat 
yuritishga qodirligiga bog‗liq. 
Bir tomon xatarga nisbatan 
betaraf, 
ikkinchi 
tomon 
xatarga qarshi. 


249 
2. Shartnoma shakli 
Shartnoma 
standart 
shaklda, 
unda 
shartnomani 
bajarishning 
barcha 
detallari haqida to‗liq 
kelishib olingan. 
Shartnoma 
shakli 
«bitimga moslab» maxsus 
ishlab 
chiqiladi. 
Shartnoma to‗liq tafsir-
lanmagan, 
balki 
tuzatishlar kiritish uchun 
imkoniyat qoldiradi. 
Shartnomaning 
asosiy 
qoidalari 
eksplitsit 
tarzda 
umuman 
tafsirlanmasligi 
mumkin. 
Shartnoma 
tomonlarning biri tomonidan 
o‗z harakatini nazorat qilish 
huquqining boshqa tomonga 
topshirilishiga olib keladi. 
3. Tomonlar o„rtasidagi munosabatlar 
Tomonlar 
to‗liq 
muxtoriyatni 
saqlab 
qolishadi. 
Tomonlar 
muxoriyatni 
saqlab qolishadi. 
Hukmronlik 
munosabatlari: 
faoliyatni 
nazorat 
qilish 
huquqini topshirish. 
4. Shartnoma tuziladigan davr 
Qisqa muddatli. 
O‗rta va uzoq muddatli. 
Uzoq 
muddatli. 
Shartnomaning amal qilish 
davri 
haqida 
umuman 
kelishmaslik 
mumkin: 

tomonlardan 
biri 
uchun 
nazorat 
qilish 
huquqidan 
mustaqil 
foydalanganga 
qaraganda 
uni 
topshirish 
foydaliroq 
ekan, 
amal 
qilaveradi. 
5. Kutilmagan holatlarga moslashish usuli 
Shartnomani 
yangi 
shartlarda qayta tuzish 
Muzokaralar, 
pozi-
tsiyalarning 
kelishish, 
«tomonlarning 
o‗zaro 
Shartnoma 
tomonlaridan 
birining 
boshqa 
tomon 
qarorlariga bo‗ysunishi (X 


250 
munosabatlari 
mobay-
nida to‗plangan barcha 
o‗zaro 
hamkorlik 
tajribasi» asosida o‗zaro 
voz kechishlar. 
vazifalar 
yig‗indisidan 

vazifaning 
bajarilishiga 
taalluqli). 
6. Shartnoma shartlarini bajarishga undovchi omillar 
Kuchli: 
tomonlarning 
mukofotlanishi 
shart-
nomada qayd etilgan 
muayyan vazifalarning 
bajarilishi 
bilan 
bog‗langan. 
O‗rtacha: «oqlash» doktri-
nasidan 
foydalanish 
tomonlarga 
majburiyat-
larning bajarilishiga to‗siq 
sifatida 
kutilma-gan 
holatlarni bahona qilish 
imkonini beradi. 
Kuchsiz: 
shartnoma 
tomonlaridan 
biri 
nazorat 
huquqini topshirganlik fakti 
uchun 
qat‘iy 
belgilangan 
mukofotni oladi. 
7. Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun sanksiya 
Shartnomaning o‗zida 
qayd etilgan huquqiy 
sanksiyalar. 
Tomonlarning uzoq vaqtli 
o‗zaro hamkorlik qilishi 
davri 
mobaynida 
orttirilgan 
obro‗ning 
yo‗qotilishi. 
Ma‘muriy 
jazo, 
nazorat 
huquqini topshirganlik uchun 
kompensatsiyaning 
kam 
foydali shartlari 
8.Nizolar hal etiladigan instansiya 
Sud 
Uchinchi tomon: arbitraj 
sud, hakamlar sudi. 
Nizolarni hal etish qandaydir 
uchinchi 
tomon 
jalb 
qilinmagan 
holda, 
hokimiyatdan 
foydalanish 
asosida amalga oshiriladi. 
9.
 
Nizolarni hal etish tartiboti samaradorligini cheklovchi omillar 


251 
Sud tasarrufida bo‗lgan 
axborotning 
cheklanganligi. 
qonundan foydalanish 
narxi nolga teng emas. 
Hakamlar 
sudi 
yoki 
arbitraj sudining obro‗si. 
Uchinchi 
tomonga 
topshiriladigan 
vakolatlarning 
cheklanganligi 
(arbitraj 
bundan 
mustasno). 
Xufyonalik narxi noldan 
farq qiladi. 
Ma‘muriy nazoratni amalga 
oshirish 
xarajatlari. 
Har 
qanday 
nizo 
o‗zida 
tomonlarning nafaqat «ovoz 
berish», balki «chiqish», ya‘ni 
topshirilgan nazorat huquqini 
qaytarib olish huquqidan ham 
foydalanish 
imkoniyatini 
o‗zida mujassamlantiradi. 
10. Misollar 
Oldi-sotdi shartnomasi Franchayzing. Tabiiy 
monopoliyalarning tartibga 
solinishi. Transport, 
energetika va xomashyo 
kompaniyalari o‗rtasidagi 
uzoq muddatli 
shartnomalar. 
Ish beruvchi va yollanma 
xodim o‗rtasidagi shartnoma. 
Firma 
ichidagi 
munosabatlarning 
butun 
majmui.
O‗zbekistonda xo‗jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‗zgartirish yoki 
bekor qilishning huquqiy asoslari ―Xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar faoliyatining 
shartnoma-huquqiy asoslari to‗g‗risida‖gi Qonun bilan tartibga solinadi. 
O‗zbekiston Respublikaida amalda bo‗lgan xo‗jalik shartnomalarining turlari 
9.3.2-rasmda keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 


252 
 
 
9.3.1-rasm.
 O„zbekiston Respublikasida shartnomalar turlari* 
* Muallif tomonidan O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
tuzilgan.
9.4.Tashkilot tushunchasi va institut bilan
tashkilot o„rtasidagi chegara 
Prinsipial jihatdan yangi holat – shaxs tomonidan yollash to‗g‗risidagi 
shartnoma doirasida o‗z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda 
topshirilishi – bozor konstitutsiyasi me‘yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. 
Birinchidan, murakkab utilitarizm me‘yoriga faqat yollash to‗g‗risidagi 
shartnomaning tomonlaridan biri – unga nazorat huquqi topshirilayotgan tomon 
amal qiladi. Bitimning ushbu tomonini 
«prinsipal»
yoki 
«topshiriq beruvchi» 
deb 
ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni – 
«agent»
yoki 
«ijro etuvchi»
ma‘lum 
darajadan ortiq bo‗lgan mukofot evaziga o‗z harakatlarini o‗zi nazorat qilish 
huquqidan voz kechadi. Boshqacha aytganda, «agent» o‗zining foyda olish 
Oʼzbekiston Respublikasida 
shartnomalar turlari
 
Oldi-sotdi shartnomasi 
sovgʼa qilish shartnomasi 
ijara shartnomasi
mulkdan bepul foydalanish 
shartnomasi 
tashash shartnomasi
transport ekspeditsiyasi 
shartnomasi 
pudrat shartnomasi
qarz shartnomasi 
kredit shartnomasi 
topshiriq shartnomasi 
komissiya shartnomasi 
saqlash shartnomasi 
sugʼurta shartnomasi 
kafillik shartnomasi 
garov shartnomasi 
koʼchmas mulk toʼgʼrisidagi shartnoma 
qoʼshma faoliyat toʼgʼrisidagi shartnoma 
qurilish pudrati shartnomasi 
birjada tuzilgan shartnoma 
tanlov boʼyicha tuzilgan shartnoma 
kimoshdi savdostda tuzilgan shartnoma 


253 
darajasini oshirmaydi, balki foydaning ma‘lum darajasiga erishishni mo‗ljallaydi 
(
cheklangan 
utilitarizm me‘yori). «Prinsipal» va «agent» o‗rtasidagi munosabatlar 
qat‘iy shaklda quyidagi tenglamalar bilan yoritiladi:
max EU(principal) = EU[f(Q),Q,A,S], 
EU(agent) = EU (Y, A, S) ≥ U, 
bu Еrda: Q – shartnomani amalga oshirish natijasi ("chiqish");
Y = f(Q) - "agent" faoliyatiga haq to‗lashning tanlangan sxemasi; 
A - ""prinsipal" tomonidan qo‗yilgan vazifalarni bajarish bo‗yicha agent" 
qo‗llaydigan sa‘y-harakatlar;
S – shartnoma tomonlariga bog‗liq bo‗lmagan «tabiiy» omillar.
Ikkinchidan, 
«agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat 
tamoyillarini buzadi, chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar 
«prinsipal»ning manfaatlari bilan belgilangan. «Agent» o‗z harakatlarida o‗z 
manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi navbatda «prinsipal»ning 
manfaatlarini ko‗zlashi lozim. Ideal «agent» «prinsipal»ning manfaatlarini o‗z 
manfaatlari singari qabul qiladi. 
Uchinchidan, ishonch me‘yorini amalga oshirish bilan bog‗liq muammolar 
ham mavjud. «Agent» «prinsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul 
qilinadigan qarorlarning to‗g‗riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Prinsipal»ga 
ishonmagan «agent» unga nazorat qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. 
Bundan tashqari, «agent» «prinsipal» «agent»ning harakatlari ustidan nazorat 
sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga ham yoymasligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto‗g‗ri, chunki «prinsipal» hatto 
«agent»ning harakatlarini o‗z foydaliligini emas, balki «prinsipal»ning 
foydaliligini oshirishga yo‗naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan 
ma‘lum darajada ishochsizlik bilan munosabatda bo‗lishi lozim. 


254 
To‗rtinchidan, yollash to‗g‗risidagi shartnomani amalga oshirish uchun 
empatiya normasi talab etilmaydi. «Prinsipal» mukofotning «agent» rozi 
bo‗ladigan eng past darajasini bilishi kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham 
shartnoma yordamida o‗zining foydaliligini oshiradigan, «simmetrik barqarorlik» 
mezoniga javob beruvchi sotish to‗g‗risidagi shartnomadan farqli o‗laroq, yollash 
to‗g‗risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda tutmaydi. Bir tomondan, 
yollash to‗g‗risidagi shartnomani amalga oshirishdan yutuqni taqsimlash 
assimmitrik xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto «agent»ga o‗z huquqlarini 
«prinsipal»ga topshirganlik uchun to‗lanadigan kompensatsiya «gorizontal 
bo‗yicha» emas, faqat «vertikal bo‗yicha» munosabatlarga taalluqli. Yollash 
to‗g‗risidagi shartnoma bir necha «agent»ga amal qilingan hollarda ular o‗rtasidagi 
munosabatlar «prinsipal»ga murojaat etish orqali tartibga solinadi va shuning 
uchun simmetrik barqarorlikka erishishga yo‗naltirilmagan. 
Va nihoyat, qonunga bo‗ysunish me‘yoriga zarurat yo‗q, chunki 
shartnomani amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga 
bo‗ysunish orqali hal etilmaydi. Yollash to‗g‗risidagi shartnomaning bajarilishi 
bilan bog‗liq barcha masalalar «ichki hakam» - «prinsipal» tomonidan hal etiladi. 
Shu tariqa «prinsipal» va «agent»ning yoritilgan o‗zaro munosabatlarini 
tartibga soluvchi me‘yorlar yig‗indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini 
eslatadi. Lekin, bu tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobel 
mukofotining lauriyati Ronald Kouz o‗zining «Firma tabiati» maqolasida 
buyruqbozlik asosiga ega bo‗lgan iqtisodiy munosabatlar bozor tizimining ichida 
ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda rejalashtirish mavjud... 
Firma 
ichida... 
bozor 
transaksiyalariga 
barham 
berilgan, 
almashuv 
transaksiyalariga ega bo‗lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa 
muvofiqlashtruvchi tadbirkor o‗ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi».
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat 
tarixiy jihatdan qiziqish uyg‗otadi, balki u alohida tuzilmalar – yollash to‗g‗risidagi 
shartnoma asosida yuzaga keladigan 
tashkilotlar
doirasida munosabatlarni tartibga 
soladi. Tashkilot deganda biz «ta‘riflanadigan chegaralarga ega bo‗lgan va 


255 
maqsadlarga yoki ishtirokchi a‘zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar 
yig‗indisiga erishish uchun faoliyat ko‗rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni 
tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning iqtisodiy birliklari), kasaba 
uyushmalari, siyosiy partiyalar, universitetlar, foyda ko‗rmay ishlovchi tashkilotlar 
va ko‗plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi. Ushbu 
ta‘rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi. 
Ishtirokchilar yig‗indisi. 
Barcha ishtirokchilarni «prinsipal» manfaatlaridan hosil bo‗lgan tashkilot 
maqadlariga moslashuv darajasi. 
1.
Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma‘lum darajadagi 
murakkablik bilan tavsiflanuvchi ko‗p pog‗onalilik. 
Tashkilot
- hukmronlik munosabatlari, ya‘ni ishtirokchilarining ayrimlari - 
«agentlar» tomonidan o‗z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining uning 
boshqa 
ishtirokchisi 
– 
«prinsipal»ga 
topshirilishi 
asosida 
qurilgan 
muvofiqlashtirish birligi

Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta‘riflash ushbu tushuncha va 
insonlarning o‗zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq 
chegaralashni talab qiladi. Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz 
(qarang:9.4.1-jadval). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin