Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Еttinchidan,
iqtisodiyotimiz 
rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‗sishini ta‘minlaydigan eng muhim 
sohalardan biri bo‗lgan qishloq xo‗jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy 
ettirish zarur. Tarmoqdagi hozirgi o‗sish sur‘atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu 
borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini 
oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o‗zgarish bo‗lmaydi. Shu bois, 
paxta va 
g„alla Еtishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni 
bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o„tamiz. 


262 
Agar bu yo„ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot Еtishtirishda 
erkin bo„lmaydi, ular o„zlari kutganlaridek manfaat ko„rmaydi, hokimlarning 
esa ish uslubi o„zgarmaydi. 
Qishloq xo‗jaligini davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlash jamg‗armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham 
arzon kreditlar ajratish yo‗lga qo‗yiladi. Kelgusida Qishloq xo‗jaligi vazirligi soha 
korxonalariga ko‗rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish 
usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning o‗rniga vazirlik servis tashkilotiga 
aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga Еr holatini aniqlash, ekin turlari va 
urug‗ni to‗g‗ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy 
ko‗maklashish, mahsulot bozorini topish bo‗yicha xizmat ko‗rsatishi kerak‖
1
,-deb 
ta‘kidladi. 
 
Xulosa 
Shartnoma muayyan bitimlarni amalga oshirishning institutsional doiralarini 
o‗zida namoyon etadi. Har qanday institut singari, shartnoma nafaqat o‗zaro 
hamkorlikni chegaralaydi, balki uning uchun zamin yaratadi, bu hol ayniqsa 
bitimlarni tuzish va amalga oshirish lahzalarining vaqt bo‗yicha mos kelmasligida 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Bunday turdagi bitimlar ular ishtirokchilarining 
maqsadlariga bog‗liq bo‗lmagan holatlarning paydo bo‗lishi xatari bilan bog‗liq. 
Insonlar xatarni qabul qilish darajasi bo‗yicha farq qiladi, bu esa ikki turdagi 
shartnomalarning – xatarga betaraf bo‗lgan sheriklar o‗rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi sotish to‗g‗risidagi shartnoma hamda xatarga betaraf bo‗lgan va 
xatarga qarshi insonlarga o‗zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi yollash 
to‗g‗risidagi shartnomaning mavjud bo‗lishini izohlaydi. 
Tashkilot kichiklashgan buyruqbozlik iqtisodiyotini o‗zida namoyon etadi. 
Tashkilot ichki o‗sishining cheklanishlari aynan shu bilan bog‗liq: tashkilot 
ko‗lamlarining kengayishi monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlarining 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 
2020 йил 24 январь.// Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 


263 
oshishiga olib keladi. Institut (bozor) bilan tashkilot (firma) o‗rtasidagi eng aniq 
chegara quyidagi ko‗rsatkichlar darajasini baholash yordamida aniqlanadi: 
aktivlarning o‗ziga xosligi, noaniqlik, bitim tomonlarining xatarga moyilligi
bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish bahosi bilan xufyonalik 
bahosining o‗zaro nisbati. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin