Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

10.1.1 -jadval 
«Prinsipal» bilan «agent»ning o„zaro munosabatlari matritsasi
«Prinsipal»
«Age
nt
»
Nazorat qilish 
Nazorat qilmaslik 
Vijdonan ishlash 
1; 1 [St
2

1; 2 [St
1
, P] 
Ishdan bo‗yin tovlash 
0; -1 
2; -2 
Ushbu o‗yinda «prinsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi 
muammosi yaqqol ko‗rinib turibdi. Bunda Nesh bo‗yicha muvozanat mavjud 
emas: «prinsipal» va «agent» o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarda optimal natijaga 
erishish tashkilotning rivojlanishi jarayonida yuzaga keladigan tahdid ostida 
bo‗ladi. 
Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o‗sishiga to‗g‗ri 
proporsional emas. Bu Еrda «prinsipal» va «agent» o‗rtasida axborot 
asimmetriyasining paydo bo‗lishi omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o‗yinchi – 
«tabiat» bilan o‗yinni tahlil qilgan holda, biz ikkita asosiy o‗yinchi o‗rtasidagi 
axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. Tashkilot 
ichida
axborot 
asimmetriyasining paydo bo‗lishi sabablarini aniqlash uchun, institutsional tizim 
sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon XaЕkning isbotlarini 
eslaymiz. Ya‘ni hech qanday o‗ylangan markaz (ya‘ni «prinsipal») hamma vaqt 
barcha hodisalardan xabardor bo‗lib turishga va ushbu axborotni manfaatdor 
tomonlarning hukmiga tezkor havola etishga qodir emas 
XaЕk nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to‗liq hajmdagi 
axborot bilan ta‘minlovchi mexanizm bo‗lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi 
narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx 
shakllanishi to‗g‗risida gap bo‗lishi mumkin emas, «agent»ning o‗z mehnatining 
yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat 
berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo‗lgan 
taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to‗liq 
axborotni o‗zida mujassamlantiradi. 


275 
Demak, tashkilotning rivojlanishiga qarab aylanadigan axborotning 
murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi. Lekin ular samaradorlik bo‗yicha 
narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo 
etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida qaror qabul qilish jarayoni ularning har 
birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo‗ladigan ko‗plab bosqichlarni o‗z 
ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va 
unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a‘zolari ega bo‗ladi.
Noyob axborotga ega bo‗lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni 
tarqatishdan va uni buzilmagan tarzda «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor 
emaslar. Haqiqatdan ham axborot asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik 
xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o‗z foydaliligini 
ko‗paytirishga
urinishlari, ular tomonidan yollash to‗g‗risidagi shartnoma tuzilishida qabul 
qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir 
qat‘iy belgilangan
darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko‗zda tutilmagan holatlar sodir bo‗lgan 
taqdirda, yollash to‗g‗risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot 
kafolatini olib, «agent»ning o‗zi unga «prinsipal» bilan nayrang qilish yordamida 
faoliyat natijasini o‗z foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun‘iy» 
kutilmagan holatlarni tashkil etishga urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan 
«agentlar»ning o‗z faoliyati natijalarini o‗zlashtirishda ishtirok etishga 
opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai 
nazardan talqin etish lozim.


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin