141
Turli qonunchilik me‘yorlariga amal qilinmaslik holatlarining tez-tez uchrab
turishi xufyona iqtisodiyot o‗lchamining indikatori bo‗lib xizmat qiladi. Biroq,
uning miqdoriy o‗lchovi vazifasini hal etishga
kirishishdan oldin xufyona
iqtisodiyotning turli unsurlarini ta‘riflash lozim. Umuman olganda xufyona
iqtisodiyot – unda iqtisodiy faoliyat qonun doirasidan
tashqarida amalga
oshiriladigan, ya‘ni bitimlar qonundan, xo‗jalik turmushining huquqiy me‘yorlari
va rasmiy qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan soha. Xufyona
iqtisodiyot bir nechta unsurdan tarkib topadi.
Xufyona iqtisodiyotning mashhur iqtisodchi E.Fayg
1
tomonidan
taklif
etilgan tasnifi diqqatga sazavordir.
Faygning fikriga ko‗ra, har bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi
uning vakillari buzadigan institutsional qoidalar to‗plami
bilan belgilanadi, ya‘ni
ularning faoliyati qoidalar va normalarning o‗rnatilgan tizimi doirasidan tashqariga
chiqadi yoki uni chetlab o‗tadi va, o‗z navbatida, o‗lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan
hisobga olinmaydi.
U yoki bu holatda qanaqa qoidalarning buzilishi xufyona iqtisodiyot turlarini
farqlash mezoni hisoblanadi. Ushbu mezondan tasniflash tizimi uchun asos sifatida
foydalangan holda, E.Fayg xufyona iqtisodiy harakatlarning to‗rtta xilini ajratadi:
nolegal (maxfiy, yashirincha), hisobga olinmagan, ro‗yxatga
olinmagan va
norasmiy iqtisodiy faoliyat.
1.
Nolegal iqtisodiyot
.
Nolegal iqtisodiyot tijoratning
qonuniy shakllari
sohasini belgilab beruvchi, yuridik normativlarni
buzuvchi iqtisodiy faoliyat
tomonidan ishlab topilgan daromadning sinonimi sifatida ishtirok etadi. Nolegal
tadbirkorlar taqiqlangan tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishda va ularni
taqsimlashda ishtirok etadi (giyohvondlik moddalarini noqonuniy ishlab chiqarish,
chayqovchilar tomonidan valyuta ayirboshlanishi va h.k.). Bunday taqiqlangan
iqtisodiy
harakatlar, qonunni chetlab o‗tgan holda, foydali daromad manbai
1
Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной экономики: нео-
институциональный подход. –М.: РТТУ, 2000. -147 с.
142
hisoblanadi.
Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va yuridik muassasalar barqarorligiga
putur Еtkazishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: