329
Debitorlik qarzi –
o‗zaro xo‗jalik aloqalarini olib boruvchi korxona,
tashkilotlarning bir-biridan qarzi summasi.
Debitorlik qarzning qayta moliyalashtirish –
debitorlik
qarzlarini pul
aktivlariga aylanishini tezlashtirish bo‗yicha moliyaviy operatsiya.
Kredit
– pul vositalarini
,
tovar va xizmatlarini ma‘lum ustama (foiz) to‗lab
kaytarib berish sharti bilan noma‘lam muddatga qarz berish.
Kredit munosabatlari –
ssuda fondini shakllantirish va undan
foydalanish munosabatlari.
Kredit pullari –
kredit aloqalarida ishlatiladigan qog‗oz pullar,
kredit
pullar oltin o‗rniga paydo bo‗lgan qarz beruvchi va qarzdor o‗rtasidagi
amalga oshadigan xarakatlarda qo‗llanadi.
Passivlar –
korxona tomonidan o‗z xo‗jalik faoliyatini moliyalashtirish uchun
ishlatiladigan, qarzga olingan pul mablag‗lari.
Hisob-kitoblarning pulsiz shakli
–
barter almashuvi, o‗zaro hisob-kitob
(kliring)
sxemalari, shuningdek notijorat yo‗li bilan kreditlashning barcha turlari
(shu jumladan, to‗lamasliklar).
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KЕYSLAR:
1–misol.
Kasaba uyushmasining faoliyati
quyidagi kelishuvlar
qismlarini o„z ichiga oladi: fuqarolik, bozor, industrial va an‟anaviy. Ushbu
holatda kelishuvlarning qanaqa varianti haqida gap borayapti?
a) murosa,
b) dahl,
v) ekspansiya.
Javob: a),
gap murosa haqida borayapti. Chunki to‗rtta kelishuv normalari
zid emas, balki qaysidir ma‘noda bir-birini to‗ldiradi. Masalan, ish haqini oshirish
talabi (bozor kelishuvi) muayyan tarmoq yoki korxona
xodimlarining jamoaviy
harakatlari (ish tashlash, jamoaviy shartnomani imzolash uchun kurashish)
orqali
amalga oshiriladi (industrial kelishuv yollanma xodimlarni kasbiy toifalarga
330
bo‗lishning asosida yotadi). Kurashish an‘analari esa (masalan, ishchilarning
an‘anaviy bahorgi va kuzgi chiqishlari) tashkilot nufuzining o‗sishiga (oxirigacha
kurashishga tayyorlik) ko‗maklashadi, bu ish beruvchilar
tomonidan ish haqining
oshirilishi to‗g‗risidagi talablarning qondirilishi imkoniyatlarini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: