328
nazariyasi tashkilotlarni miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga
o‗z ulushini qo‗shadi. Uning asosida tashkilot ichida
yuzaga keladigan nizolar
tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo‗yicha emas,
balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo‗yicha optimallashtirish
mumkin.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Aylanma fondlar –
korxona ishlab chiqarish fondining bir
qismini tashkil
kiladi. U bir ishlab chiqarish davrida ishlatiladi va o‗z qiymatini ishlab
chiqariladigan maxsulotga to‗laligicha o‗tkazadi.
Muomila faodlari tayyor
maxsulotni iste‘molchilarga yuborilgani, lekin to‗lanmagani,
bank va kassa
xisobidagi pul mablag‗ini o‗z ichiga oladi.
Aktivlarning likvidligi –
bu moddiy boyliklarni sotib naqd pulga
aylantirishdagi Еngillikdir. Korxonaning ba‘zi bir aktivlari o‗zaro
shunday
bog‗langan bo‗lishlari mumkinki, bittasini yuqotish
boshqasini samarali
ishlatilishiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Aktivlarni moliyalashtirish siyosati
– korxonaning
aloxida turidagi
aktivlarini o‗z mablag‗lari, uzok va qisqa muddatli qarzga olingan mablag‗lar
xisobidan moliyalashtirishga bo‗lgan prinsipial yondashuv.
Asosiy vositalarining qiymatini indeksatsiyalash –
asosiy vositalarini
inflyatsiya, ma‘naviy eskirish va boshqa omillarni
xisobga olgan xolda qayta
baxolash va balansga aks ettirish.
Asosiy vositalarinining faol qismi
– savdo texnologik
jarayonida bevosita
ishlatiladigan mashina, mexanizm va uskunalar.
Balans foyda –
korxonaning savdo va bashqa faoliyat turlaridan oladigan
foydasining soliqlar va boshqa majburiy ajratmalarni to‗lashdan
oldingi umumiy
summasi.
Dostları ilə paylaş: