Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
 
4.1.1.-jadval 
Iqtisodiyot konstitutsiyalari normalarining guruhlanishi
 
Bozor konstitutsiyasi 
Buyruqbozlik iqtisodiyoti 
konstitutsiyasi
Murakkab utilitarizm 
Oddiy utilitarizm 
Ratsional maqsadli fe‘l-atvor 
Mafkuraviy qadriyat ratsionalligi 
Depersonifikatsiyalangan ishonch 
Personifikatsiyalangan ishonch 
Empatiya 
«Sen – menga, men - senga», 
Ijobiy ma‘noda erkinlik 
Qonunga ixtiyoriy bo‗ysunish 
Qonunga tilda buysunish 
4.2. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo‗lgan 
normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o‗z 
foydaliligini oshirilishi o‗ziga xos ravishda namoyon bo‗ladi. Ya‘ni, 
oddiy 
utilitarizm
- individning samarali faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan holda o‗z 
foydaliligini oshirishga intilishidir. 
Individ iste‘mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm ―kvartira – mashina – dala 
hovli‖ uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot 


85 
sharoitlarini ta‘minlashga intilish sho‗rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX 
asrning 70-80-yillardagi o‗ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. 
Bunda iste‘molning ma‘lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan 
foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‗yicha emas, balki ma‘lum kasb 
toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‗l va havo yo‗li 
transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‗rtasida bo‗lingan edi. 
Ya‘ni, utilitarizm normasi buyruqbozlik iqtisodiyotida faqat oddiy shaklda – 
individning samarali faoliyat bilan bog‗liq bo‗lmagan holda foydalilikni oshirishga 
intilishi sifatida mavjud bo‗lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi iste‘molda 
foydalilikni oshirishga intilish navbatda turish zarurligi, asabbuzarliklar, 
ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori ruhiy kechinmalar 
bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi» tushunchasi 
bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar 
jamlanishining undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va 
norozilik namoyish etadigan darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik 
iqtisodiyotining birinchi normasi 
oddiy 
va
 cheklangan utilitarizmdan 
iborat. 
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‗liqsiz 
ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning 
cheklanganligi va to‗liqsizligi bilan shartlangan to‗liqsiz ratsionallik tushuniladi.
Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida 
narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‗lmagan – zahiralar hajmi, 
navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma‘lumotlar bilan to‗ldiradilar. Sof 
ko‗rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig‗ish bilan bog‗liq yuqori 
darajadagi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya‘ni 
sotuvchilar va xaridorlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo 
bo‗ladi. Nizo prognozlardagi xatolar, manfaatdor shaxsda boshqa sub‘yektlarning 
holati va maqsadlari to‗g‗risida axborotning mavjud emasligi, manfaatdor 
shaxsning 
qaror 
qabul 
qilishdagi 
beqarorligi, 
o‗zgaruvchan sharoitga 
moslashishdagi o‗ng‗aysizligi shakliga ega bo‗ladi. Bundan tashqari, to‗liqsiz
ratsional faoliyat, iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan 


86 
maqsadlarga erishish vositalarini tanlash erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan 
belgilangan partiya-xo‗jalik apparatining mafkuraviy maqsadlari reja topshiriqlari 
shaklini qabul qiluvchi muayyan ma‘muriy va xo‗jalik vazifalariga aylanadi. 
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘yektlarning
faoliyati – mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi. 
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi 
bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud 
bo‗ladi. Har qanday ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta‘minot 
organiga murojaat etish bilan bog‗liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo‗l 
tutishning iloji yo‗q. Bunday vaziyatda bevosita kontragentga ishonish mutaqo 
ortiqcha – davlat uchinchi tomon sifatida bitim shartlarining bajarilishini 
kafolatlaydi. Biroq mikrodarajadagi 
ishonch
baribir 
maksimal individuallashgan
shaklda mavjud bo‗ladi.
Bu norma ham uy xo‗jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‗jaligining 
ijtimoiy va iqtisodiy hayotida og‗irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga, 
do‗stlar va tanish-bilishlarga ko‗chiriladi. Masalan, o‗zaro hamkorlik umuman 
vrach, sartarosh bilan emas, balki 
tanish
vrach yoki sartarosh bilan amalga 
oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi shunday ta‘riflash mumkin. 
Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‗lib, bunda ushbu korxonalar 
rahbarlari o‗rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‗lga qo‗yiladi. 
Ya‘ni, direktorlar o‗rtasida o‗zaro yordam va o‗zaro ishonch tamoyillari asosiga 
qurilgan korporativ munosabatlar shakllanadi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi 
«sen – menga, 
men - senga»
, yoki o‗zaro xizmatlar ko‗rsatish to‗g‗risidagi kelishuvdir. Taqchil 
resursni olishning keng tarqalgan variantlaridan biriga ko‗ra, iste‘molchi va 
Еtkazib beruvchi vaqti vaqti bilan vazifalarini almashtirib turadi, ya‘ni ―bugun men 
po‗lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan yordam qilib turasan‖. Aynan har 
qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga» normasidan 
foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto, barter almashuvi zanjir 


87 
bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin bo‗lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish-
bilishlar doirasi bilan cheklangan xususiyatni yo‗qotish imkonini bermaydi. 
Va nihoyat, 
qonunga bo‗ysunish
normasi. Har qanday o‗zaro munosabatning 
davlat nazorati ostida bo‗lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida 
qonunlar partiya manfaatlariga bo‗ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo‗lmasa-
da, partiya qarorlari 
de fakto
qonun kuchiga ega bo‗lgan. Hatto e‘lon qilingan 
de 
yure
umumxalq mulkchilik shakli ham 
de fakto
mulkchilik shakli bilan, xususan, 
byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar) mulki bo‗lgan. 
Byurokratiyaning bunday o‗zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga nisbatan 
munosabatiga aks ta‘sir o‗tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik 
iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘yektlarning xatti-harakati 
qonunga tilda buysunish
normasi 
sifatida 
tavsiflanadi. 
Demak, 
buyruqbozlik 
iqtisodiyoti 
konstitutsiyasining 
asosiy 
normalari 
tizimning 
muvozanatsiz 
holatini 
barqarorlashtirga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin