Bobur qalamiga mansub ushbu ruboiyda ajratib ko’rsatilgan so’zlar qanday ma’no anglatadi?
A) tutqun; kishan; la’natlangan B) erkin; kishan; pastkash C) kishansiz; oltin-kumush; gado D) qat’iyatsiz; tilla; pastkash
10.“Hind” so’zi Hindistonni anglatishdan tashqari yana qanday ichki ma’noga ega?
A) “gado” B) “nuqta” C) “qora” D) “azob”
11. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur
Ruboiyniing qofiyalanish tizimini ko’rsating. A) a-a-a-a B) a-b-a-b C) a-b-a-a D) a-a-b-a
12.Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
Ruboiydagi radif so’zni ko’rsating. A) har kimki B) topqusidur C) vafo D) qilsa
13.Musofirlikning, hatto asirlikning ham azoblarini totib ko’rgan shoir…
A) Sa’diy B) Bobur C) Lutfiy D) Rumiy
14.Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida shuhrat qozongan shoirlarni aniqlang.
A) Umar Xayyom, Bedil B) Lutfiy, Rumiy C) Rudakiy, Jomiy D) Navoiy, Bobur
15.O’zbek she’riyatida ruboiylari bilan mashhur shoirlar nomi qaysi bandda ko’rsatilgan?
A) Umar Xayyom, Bedil B) Lutfiy, Rumiy C) Rudakiy, Jomiy D) Navoiy, Bobur
16.Misra oxiridagi ohangdosh so’z qanday ataladi? A) qofiya B) radif C) turoq D) raviy
17. 1907-yilda nashr etilgan Muqimiyning ilk devoni qanday nomlangan edi?
A) “Muqimiy bayozi” B) “Devoni Muqimiy” C) “Muqimiy maa hajviyot” D) “Lirika i satira”
18. 1910-yilda Muqimiyning Portsev litografiyasida nashr etilgan hajviy she’rlar to’plamiga qanday nom qo’yilgan edi? A) “Muqimiy bayozi” B) “Devoni Muqimiy C) “Muqimiy maa hajviyot” D) “Lirika i satira”
19.Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o’rganish qachondan boshlandi va bu xayrli ishning boshida kim turgan edi?
A) 1940-yillarda; Oybek B) 1930-yilarda; G’.G’ulom C) 1940-yillarda; H.Olimjon D) 1930-yillarda; H.Olimjon
20. 1938-yilda nashr etilgan Muqimiy she’rlari to’plamining nomi va tuzuvchisi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) “Muqimiy bayozi”; G’.G’ulom B) “Devoni Muqimiy”; H.Olimjon C) “Muqimiy maa hajviyot”; Oybek D) “Lirika i satira”; Oybek
21.Nechanchi yil Muqimiy ijodini o’rganish tarixida yangi davr bo’ldi, deyish mumkin?
A) 1930-yil B) 1940-yi C) 1953-yil D) 1957-yil
22.Muqimiydan bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi, taxminan, necha misrani tashkil etadi?
A) o’n ming misra B) yigirma besh ming C) yuz ming misra D) o’n ikki ming misra
23.Muqimiy “Sayohatnoma”sidan o’rin olgan sayohatlarning yo’nalishi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
A) Qo’qondan So’xga; Qo’qondan Quvaga; Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Oltiariqqa; Qo’qondan Farg’onaga C) Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Farg’onaga; Qo’qondan Isfaraga D) Qo’qondan Isfaraga; Qo’qondan Bag’dodga; Qo’qondan Shohimardonga
24.Muqimiy “Sayohatnoma”si qanday she’riy shaklda yaratilgan?
A) ikkilik B) to’rtlik C) oltilik D) beshlik
25.“Sayohatnoma” janri haqida keltirilgan mulohazalardan qaysi biri noto’g’ri?
A) Bu adabiy janr barcha xalqlar adabiyotida mavjud. B) Bunday asarlar she’riy yoki nasriy usulda bitilishi mumkin. C) Unda sayohat xotiralari va uning tafsilotlari aks etadi. D) Barcha mulohazalar to’g’ri.
Uyga vazifa She’r yodlash
Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________
«Adabiyot» 5-sinflar uchun
«________»___________________20___ yil
Mavzu: Sa’diy SHEROZIY (1189— 1292)
Darsning texnologik haritasi
№
|
Malaka talablari
|
Bilim: Sa’diy SHEROZIY (1189— 1292) mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.
Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.
Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.
Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.
|
|
Maqsad va vazifalar
|
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.
|
|
O`quv jarayonini mazmuni
|
Sa’diy SHEROZIY (1189— 1292) mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish
|
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash
Shakl: yakka va guruhlarga ishlash
Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar
Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)
Baholash: 5 balli tizim asosida
|
|
Kutiladigan natija
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.
O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar
|
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash
O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish
|
|
Uyga vazifa
|
Mavzuni o`qib o`rganib kelish
|
Darsning texnik chizmasi:
-
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
U kishining ismi sharifi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziydir. «Shayx» deb ko‘proq so‘fiylar boshlig‘iga, din arboblariga nisbatan aytilgan. Taxallusidan ma’lum bo‘lganidek, sherozlik. Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan.
Sa’diy nomini dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida biladilar. Sharqda u qanchalar hurmat bilan tilga olinsa, G‘arbda ham bu shoirning e’tibori shuncha balanddir.
Sababi nimada? Sababi shundaki, u ajoyib g‘azallar yozdi. Bu g‘azallar hikmatli fikrlarga boy edi. Go‘zal o‘xshatishlarga, ta’sirli manzaralarga to‘la edi. Masalan:
«Ey sorbon, ohista ron oromi jonam meravad», —
deb boshlanar edi bir g‘azali.
Tuya yetaklovchini, karvonboshini «sorbon» deydilar. Oshiq shoir unga qarata iltijo etmoqda:
Ey sorbon, ohista yur, oromijon ketmoqdadur...
Ko‘z oldingizga keltiring. Bepoyon sahro, karvon ohista yo‘lga tushmoqda. Ilojsiz oshiq uning atrofida parvonadek aylanadi, karvonni qo‘yib yuborgisi kelmaydi. Chunki bu karvonda uning joni, jahoni ketib bormoqda. Forschadagi «sorbon — ohista ron, oromi jon» so‘zlaridagi ohangdoshlik — ichki qofiya shu bir satrning o‘zidayoq nolakor musiqa yaratadi. Ayni paytda, qalqib-qalqib borayotgan tuyalar qatori, ular o‘rkachi ustida bir maromda tebranayotgan mahofalar (odam o‘tirib ketishga qilingan, kabinani esga tushiruvchi moslama uychalar). Bir satrda shuncha ma’no, shuncha ohang, shuncha dard bor edi. Shuning uchun ham uni Eronda qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevardilar. Eron-u Turkistonni qo‘ying, fransuz Volter, nemis Gyote o‘z asarlarida uning she’rlariga murojaat qiladilar.
Ayniqsa, shoirning «Guliston» va «Bo‘ston» nomli ikki asari uning nomini butun dunyoga tanitdi. Bu asarlar haqida gapirishdan oldin ikki og‘iz uning hayoti haqida ma’lumot beraylik. Chunki bu ikki asar uning o‘z ko‘rgan-kechirgan, eshitgan-bilgan voqealari asosida maydonga kelgan.
U Sherozda o‘ziga to‘q va ma’rifatli bir xonadonda o‘sib ulg‘aygan. Uzoq umr ko‘rgan. Tug‘ilgan yilini har xil (1184, 1189, 1203, 1210) ko‘rsatadilar. 1292-yilda vafot etgan. Umrining 20 yilidan ko‘prog‘i sayohatda o‘tgan. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan. Musofirlikning, hatto asirlikning azoblarini ko‘rgan. Va bu sayohatlari davomida ko‘rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab «Bo‘ston» (1257-yilda yozilgan) hamda «Guliston» (1258) asarlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan. «Bo‘ston»da shunday bir hikoyat keltiriladi: Shahar qozisi bir guruh olim-u fozillarni suhbatga chaqiradi. Qimmatbaho liboslarga burkangan kazo-kazolar, «o‘tsinlar o‘tsinlar» bilan to‘rdan joy oladilar. Poygakda eski to‘n kiygan bir darvesh qisinibgina o‘tirardi. Suhbat boshlanadi. Shariat va tariqatdan fiqh-u hadislarga o‘tadilar. Bahs, muhokama, munozara avj oladi. Bir masala ustida qattiq talashib qoladilar. O‘tirganlar baqir-chaqir qilishar, lekin hech biri ishonchli bir dalil bilan isbotlab bera olmasdi. Shunda o‘sha eski to‘n kiygan darvesh so‘z olib, masalani burro til, oydin dalil bilan isbot qilib beradi. Hamma hang-u mang bo‘lib qoladi. Qozi o‘rnidan turib salla-to‘nini darveshga in’om etib, to‘rga taklif qiladi. Darvesh to‘nni ham, to‘rni ham rad etadi. Gap insonning salla-to‘nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo‘lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to‘qim urilgan eshak eng e’tiborli bo‘lardi, deb qozi uyini tark etadi. «Q’sha darvesh men o‘zim edim» deb tugatadi Sa’diy hikoyasini. «Guliston» asarida esa biz shoir boshiga tushgan ajab savdolarga duch kelamiz.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Uyga vazifa.
Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________
«Adabiyot» 5-sinflar uchun
«________»___________________20___ yil
Mavzu: «GULISTON»dan Hunar o‘rganmoq haqida
Darsning texnologik haritasi
№
|
Malaka talablari
|
Bilim: «GULISTON»dan Hunar o‘rganmoq haqida mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.
Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.
Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.
Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.
|
|
Maqsad va vazifalar
|
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.
|
|
O`quv jarayonini mazmuni
|
«GULISTON»dan Hunar o‘rganmoq haqida mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish
|
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash
Shakl: yakka va guruhlarga ishlash
Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar
Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)
Baholash: 5 balli tizim asosida
|
|
Kutiladigan natija
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.
O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar
|
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash
O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish
|
|
Uyga vazifa
|
Mavzuni o`qib o`rganib kelish
|
Darsning texnik chizmasi:
-
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
Bir hakim o‘g‘ullariga mundoq pand berur edikim: «Ey jon farzandlarim, hunar o‘rganinglar, negakim, mulk va molg‘a e’timod yo‘qdurur. Siym va zar xatar mahallidadur — yo o‘g‘ri barchasini birdan olur va yo hakim oz-oz olib yo‘q etar. Ammo hunar chashmayi ravon va davlati bepoyondurkim, agar hunarmand odam davlatdin tushsa, hech g‘am va alami yo‘qdur. Nedinkim, hunar aning zotida ulug‘ davlatdur va har yergakim borsa, sohibi qadr bo‘lur va majlisning yuqorisida o‘lturur va hunarsiz kishi gadoylik qilur va har joygakim borsa, beqadr va bee’tibor bo‘lur».
Bayt:
Ota merosini gar istasang, o‘rgan ota ilmin,
Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o‘lg‘ay.
DARYO KO‘RMAGAN QUL HIKOYATI
Bir podshoh bir ajamiy g‘ulom bila kemaga mindi. G‘ulom hargiz daryoni ko‘rmamish erdi va kemaning haybat va mehnat in bilmamish erdi. Vahm bila ko‘p yig‘lab, zorlig‘ qilib, a’zo va andom ig‘a larza va beqarorlig‘ yetishti. Har nechakim mulotafat ko‘rguzub, tadorik in qilur erdilar, aslo orom topmas erdi. Bu jihatdin, podshohning ayshi tiyra bo‘lur erdi. Hech chorasin topmas erdilar, ammo hamul kecha ichida bir hakim bor erdi. Podshohga dedi: «Agar ruxsat bersangiz, man bir ish etib, ani xomush qilurman». Podshoh dedi: «Agar mundoq qilsang, bizning haqimizda nihoyatsiz karam qilmish bo‘lg‘aysan». Ondin so‘ng hakim buyurdi, to g‘ulomni sochidan tutub, daryog‘a tashladilar. Uch navbat cho‘mg‘ondin so‘ng tortib, kemaning oldig‘a yovuq kelturdilar. G‘ulom jon havlidin ikki qo‘li bilan kemadagi kishilarning qo‘lig‘a yopushib, zo‘r bila o‘zini kema ichiga olib, bir go‘shada o‘lturub, orom tutdi. Podshohg‘a bu hol taajjub ko‘runub, so‘rdikim: «Munda ne hikmat bor erdi?» Hakim dedi: «G‘ulom burundin g‘arq bo‘lmoq mehnatin ko‘rmamish erdi, lojaram, kema ichining salomatligi qadrin bilmas erdi, emdi bildi, andoqkim, ofiyat qadrin bir musibatg‘a giriftor bo‘lg‘on kishi bilg‘usidur». Qit’a:
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’rof.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Uyga vazifa.
Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________
«Adabiyot» 5-sinflar uchun
«________»___________________20___ yil
Mavzu: «BO’STON»dan
Darsning texnologik haritasi
№
|
Malaka talablari
|
Bilim: «BO’STON»dan mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.
Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.
Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.
Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.
|
|
Maqsad va vazifalar
|
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.
|
|
O`quv jarayonini mazmuni
|
«BO’STON»dan mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish
|
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash
Shakl: yakka va guruhlarga ishlash
Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar
Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)
Baholash: 5 balli tizim asosida
|
|
Kutiladigan natija
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.
O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar
|
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash
O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish
|
|
Uyga vazifa
|
Mavzuni o`qib o`rganib kelish
|
Darsning texnik chizmasi:
-
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.
Dostları ilə paylaş: |