uchinchisida esa 50 ta mikrob koloniyasi borligi aniqlandi,
bunda chiqqan sonlarning
hammasini qо‘shib, 3 ga bо‘lib, eritma darajasiga kо‘paytiriladi:
40 + 30 + 50 * 1000000+40000000.
3
Shunday qilib 1 g tuproqda 40 000 000 bakteriya borligi aniqlandi. Bu usul juda
qulay va oson hisoblanadi. Agar likopchada mikrob tо‘plamlari kо‘p о‘sib
chiqqan
bо‘lsa maxsus sanash taxtasi yordamida mikroblar sanalib 1 g tuproq hisobiga
aylantiriladi.
Tuproqdagi mikroblarning sonini aniqlash bilangina
chegaralanib qolmasdan,
balki unib chiqqan mikroorganizmlarning kultural va morfologik belgilarini ham
о‘rganish kerak. Bu qishloq xо‘jalik mirobiologiyasida katta ahamiyatga egadir.
Mikroblarning kultural belgilari о‘rganilganda koloniyaning rangi,
katta-kichikligi va
shakliga ahamiyat berish lozim. Morfologik xususiyatlari esa mikrob koloniyasidan
preparat
tayyorlab
mikroskopda kо‘rish bilan aniqlanadi. Talaba, tuproq
mikroorganizmlarning xususiyatlarini о‘rganishi uchun likopchada о‘sib chiqqan
mikroblar koloniyasidan 3-4 tasini olib, mikroskopda kо‘rishi va uning kо‘zga
kо‘ringan belgilarini daftariga yozish kerak.
Dostları ilə paylaş: