Nitrat kislota bor yo‘qligini bilish uchun oziqli muhit tomchisiga H
2
SO
4
+difenilamin
tomchisi qo‘shiladi. Nitrat kislota (HNО
3
) bo‘lsa, suyuqlik ko‘k tusga kiradi. Oziqli
muhitdan tayyorlangan preparatda kichkina
Nitrobacter
tayoqchalari ko‘rinadi.
13- LABORATORIYA MASHG
‘
ULOTI
TUPROQ VA RIZOSFERA MIKROFLORASINI O’RGANISH
Kerakli jihozlar:
Torozi toshlari bilan, tuproq, 90 ml sterillangan suv solingan
kolbalar, 9 ml suv solingan probirkalar shtativ bilan, Petri likopchalari va Paster
naychasi. 20 ml eritilgan GPA solingan probirkalar, buyum oynachasi, bо‘yoqlar,
bakteriologik sirtmoq, mikroskop.
Topshiriq va mashg‘ulot о‘tish tartibi:
Tuproq mikroflorasini laboratoriya
sharoitida aniqlash uchun 3-4 kishi bо‘lib, brigada usulida о‘rganiladi. Tuproqni
torozida tortib olinadi va suyultiriladi, hamda GPA solingan Petri likobchalariga ekiladi.
О‘sgan koloniyalardan preparatlar tayyorlanib, bakteriyalarning morfologiyasi yoziladi.
Bakteriologik tadqiqot natijalarini talabalar daftarlariga yozib boradilar.
Dostları ilə paylaş: