14-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MIKROORGANIZMLARNI ANTOGONISTIK XUSUSIYATLARINI ANIQLASH Tabiatda tarqalgan mikroorganizmlar yakka-yakka rivojlanmay balki bir- biri
bilan aralashib yashaydi. Shuning uchun ham ularning о‘rtasida antogonistik va
hamkorlik munosabatlar paydo bо‘ladi. Mikroblar о‘rtasidagi hamkorlik
simbioz deyiladi, bunda bir xil mikroblar ikkinchi xil mikroblarga ularning yashashi va
rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Mikroblar yashash va rivojlanish protsessida
muhitga moslanish natijasida bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi munosabatda bо‘ladi,
bunday munosabat mikroblar
antogenizimi deyladi. Paster birinchi bо‘lib kuydirgi
kasalining mikrobi bilan kо‘k yiring hosil qiluvchi bakteriyalar о‘rtasidagi
munosabatlarni kuzatib, mikroorganizmlar о‘rtasidagi antoginestik xususiyatlarni
aniqlagan bо‘lsa, Mechinkov sut kislota xosil qiladigan bakteriyalarga nisbatan bо‘lgan
antogenistik munosabatini aniqlagan. Shuning uchun ham Paster bilan Mechnikovlar
antogonizm nazaryasing asoschilari hisoblanadi.
Antogonistik
munosabat
faqat
bakteriyalar
orasidagina
emas,
balki
zamburug‘lar va aktinometsitlar orasida ham uchraydi. Olimlarning aytishicha, tuproq
mikroblari orasida, ayniqsa, gо‘ng solib о‘g‘itlangan tuproqlarda patogen va fitopatagen
mikroblariga nisbatan antoginestlar kо‘p uchraydi. Bir xil mikrob ikkinchi xil mikrobga
nisbatan antogonistik bо‘lsa, u hosil qilgan mahsuloti bilan ikkinchi mikrobni
rivojlanishidan tо‘xtadi, yani uni о‘ldiradi.
Antogenist mikroblarni hosil qilgan
maxsulotlari
antibotik deyladi. Antibiotiklarni asosan tuproqda uchraydigan
zamburug‘lar, aktinomitsitlar va har turli sporali, sporasiz bakteriyalar hosil qiladi.
Antibotiklarni faqat mikroblargina emas, о‘simlik va hayvonlar ham hosil qiladilar.
Hozirgi vaqtda antibiotiklar faqat meditsinadagina qо‘llanilmasdan, qishloq
xо‘jaligida ham о‘simlik kasalliklarining oldini olish va har turli fitopotogen
mikroorganizmlarga qarshi keng kо‘lamda foydalanilmoqda. Mikroorganizmlarning
antogonistik xususiyatlari labaratoriyada bir necha xil usul bilan quydagicha aniqlanadi:
ZICH OZIQA MUXITIDA ANIQLASH.
Buning uchun suyultirilgan GPA olinib, sterillangan Petri likobchasiga
qо‘yiladi, muhit qotganidan sо‘ng uning yuzasiga keng yо‘l qо‘yilib har turli
mikroorganizmlar