1. Predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiluvchi so‘zlar... A) ko‘rsatish olmoshlari deyiladi B) so‘roq olmoshlari deyiladi C) gumon olmoshlari deyiladi D) olmoshlar deyiladi. 2. Olmoshlardan qaysi so‘z turkumlarini yasash mumkin? A) fe’l B) ravish C) son D) A, B va C 3. Olmoshlar qaysi so‘zlarning yasalishiga asos bo‘lishi mumkin? A) sifatlarning B) iboralarning C) sonlarning D) A va B. 4. Olmoshlar qaysi so‘zlar o‘rnida qo‘llanganda, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qiladi? A) ot B) sifat C) ravish D) ot va fe’l 5. Uning quchog‘ida g‘amdan yo‘q nishon, U erda tentimas iblis xayoli. U erda do‘stlikni ulug‘lab inson, Takallum qiladi qumri misoli. Misralar muallifi kim? 1-misradagi olmosh qaysi gap bo‘lagi vazifasida? A) U. Nosir; hol B) E. Vohidov; ega C) A. Oripov; aniqlovchi D) R. Parfi; aniqlovchi 6. Olmoshlarga xos grammatik xususiyatlar qaysi javobda noto‘g‘ri izohlangan? A) Olmoshlardan ba’zi qo‘shimchalar orqali ot, ravish yoki fe’llar yasalishi mumkin. B) Olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan qo‘shilib, boshqa so‘z turkumiga ko‘chishi mumkin. C) Olmoshlar ba’zi so‘z turkumlaridan qo‘shimchalar yoki sintaktik yo‘l bilan yasalishi mumkin. D) olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilar bilan o‘zgaradi. 7. Qaysi so‘z turkumlari turlanadi? A) olmosh, ot, otlashgan so‘zlar B) sifat, son, olmosh C) ravish, olmosh, bog‘lovchi D) mustaqil so‘z turkumlarining barchasi 8. Turlanish qaysi turkumlariga xos? A) olmosh, son B) fe’l, olmosh C) sifat, ravish D) ot, olmosh. 9.Saida bu ayolni darrov yomon ko‘rib qoldi. Ushbu misoldagi olmosh gapning qaysi bo‘lagi bo‘lib kelgan? A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi