2. Baland, ulkan, kichik, mayda so‘zlari uchun xos bo‘lgan umumiy ma’nolar qanday ma’no sanaladi?
A) ko‘chma ma’no B) grammatik ma’no
C) uslubiy ma’no D) leksik ma’no
3. Uzun, naynov, pakana so‘zlari uchun xos bo‘lgan umumiy ma’nolar qanday ma’no sanaladi?
A) leksik ma’no B) grammatik ma’no
C) uslubiy ma’no D) ko‘chma ma’no
4. Jumladagi sifatning ma’no turini toping. Uning yonoqlari uzunchoqroq edi.
A) hid bildiruvchi B) hajm-o‘lchov bildiruvchi
C) shakl-ko‘rinish bildiruvchi D) holat bildiruvchi
5. Sifat turkumiga oid so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) chiniqqan, o‘qigan, esayotgan B) so‘nmas, oqar, sehrlovchi C) mayin, yoqimli, quvnoq D) birinchi, ishchi, to‘quvchi
6. Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda?
A) shirin, achchiq, nordon B) novcha, og‘ir, katta C) kamtar, xushfe’l, sho‘x D) devoriy, tonggi, xushbo‘y
7. Ish-harakat natijasida hosil bo‘lgan belgi-xususiyatni bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimchani toping.
A) –oq B) –gir C) –chak D) –ma
8. Sinonim sifatlarni toping.
A) cheksiz, behad, bardoshli, benihoya B) chopqir, chopag‘on, metin C) sekin, asta, astoydil, ohista. D) sezgir, ziyrak, tuyg‘un, hushyor.
9. Antonim sifatlarni toping.
A) Adolatli podsho hech vaqt mag‘lub bo‘lmas. B) Otabekka O‘zbek oyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. C) Ish sur’ati tobora jadallashmoqda. D) Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
10. Baland tog‘lar o‘lkamizda ko‘p. Ushbu gapdagi baland so‘zining grammatik ma’nosi qaysi qatorda ifodalangan?
A) belgi B) sifat C) aniqlovchi D) B va C
1. Qaysi qatorda songa oid grammatik xususiyatlar noto‘g‘ri berilgan?
A) son boshqa so‘z turkumidan yasalmaydi B) sonning turlari maxsus qo‘shimchalar qo‘shish bilan yasalmaydi C) son otlashmasa turlanmaydi D) son odatda aniqlovchi so‘z bilan qo‘llanadi
Dostları ilə paylaş: |