Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə102/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Identiv o’Quv maQsadlari
1. So’z- gaplarning semantik – sintaktik xususiyatlarini aytib beradi.
2. So’z – gaplarni unga o’xshash boshqa gaplar bilan qiyoslaydi.
2- masala bayoni
So’z-gaplarga o’xshash bir qancha gaplar bor. Ular ichida to’liqsiz gap va atov gap, bir bosh bo’lakli gaplar bo’laklarga ajralmaydigan gaplarga o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bu hodisalarni qiyoslash ularni farqlashda muhim o’rin tutadi.
Ba’zan to’liqsiz gaplar ham bir so’zdan tashkil topadi. Shuning uchun so’z-gap va to’liqsiz gaplarni bir-biridan farqlash lozim. To’liqsiz gapni hosil qiluvchi so’z ma’lum gap bo’lagi vazifasini bajaradi. So’z-gap esa, yuqorida aytilganidek, gap bo’lagi sifatida ajratilmaydigan birgina so’zdan yoki so’zshaklidan iborat bo’ladi: Mayli. Xo’p. Salom. Assalomu alaykum. Yo’q. Barakalla. Xayr. To’g’ri kabilar ana shunday so’z-gaplar hisoblanadi.
Quyidagi misolda so’z-gap bilan to’liqsiz gapning farqlari yaqqol ko’rinib turibdi.

  • Bugun muzeyga borasizmi? – Boraman.

  • Bugun muzeyga borasizmi? – Ha ,boraman.

  • Bugun muzeyga borasizmi? – Ha.

Birinchi misoldagi Boraman gapi bir so’zdan iborat bo’lsa ham, kesim vazifasida kelgan, demak, to’liqsiz gap; ikkinchi misoldagi – Ha, boraman gapida Ha kirish so’z, boraman_ kesim. Uchinchi misolda esa Ha so’zining o’zi gap vazifasida kelgan. U hech qanday gap bo’lagi vazifasini o’tay olmaydi. Shuning uchun ular bo’laklarga ajralmaydigan so’z-gap hisoblanadi.
So’z - gaplar fikrni tasdiqlash (Ha, mayli, rost, durust, binoyi, albatta), inkor etish (yo’q, noto’g’ri, aslo), so’rash (a?, xo’sh?, rostdanmi?, nahotki?), turli his-hayajon (voy, iya, eh, uff) kabi ma’nolarni ifodalaydi.
So’z-gaplar, asosan, ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi so’zlashuvda, dialoglarda ishlatiladi:

  • Biz kutib turaylikmi? – Yo’q.

  • Sizni muyulishgacha kuzatib borsam maylimi ? – Mayli.

So’z-gaplar undalmalar bilan birga qo’llanishi mumkin:

  • Yashavor, azamat.

Ba’zan ular takrorlanib ham ishlatiladi: Ergash tushunmadi:-Nima-nima?-dedi ko’zini katta ochib.
Vokativ gaplar ham so’z - gaplarning bir ko’rinishidar. Bunday gaplar favqulodda vaziyatlarda ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Ularda so’zlovchining kutilmagan vaziyatlardagi hayajonlari,qo’rquv holatlari bir so’z bilan unga xos intonatsiya yordamida ifodalanadi. Masalan: Oyi!.. Alvido! Podsho baqirdi: -Jallod!

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin