Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə19/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:

      1. Sintaktik qurilmalar necha turga bo’linadi?

      2. Nopredikativ qurilmalarning qamrov doirasi.

      3. Predikativ qurilmalar qaysi sintaktik birliklarni o’z ichiga oladi?

      4. Nima uchun ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlardan tashkil topgan barcha til birliklari so’z birikmasi hisoblanmaydi?

2-savol: So’z birikmasining ta’rifi va tavsifi.
Darsning maqsadi: So’z birikmasining nutq jarayonida ikki yoki undan ortiq til birliklaridan birining ikkinchisiga turli grammatik shakllar yoki tartib va intonatsiya orqali tobelanishi asosida yuzaga keladigan tushuncha ifodalovchi erkin bog’lanma ekanligini asoslab berish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
2.1. So’z birikmasining ta’rifini aytib beradi.
2.2. So’z birikmasining komponentlari o’zaro qanday bog’lanishini tushuntirib beradi.
2.3. So’z birikmasi komponentlarining qanday vositalar orqali bog’lanishini aytib beradi.
2.4. So’z birikmasining tushuncha ifodalovchi nomustaqil ochiq sintaktik qurilma ekanligini izohlab beradi.
2.5.So’z birikmasining nominativ vazifasini asoslab beradi.
2.6.Berilgan matndan so’z birikmasini ajratib beradi.
2.7. Berilgan so’z birikmasini tavsiflab beradi.
2.8. So’z birikmasining belgi-xususiyatlarini umumlashtirib ifodalay oladi
2.9. So’z birikmasining ta’rifiga munosabat bildiradi.
2-savol bayoni:
Sintaktik qurilmaning bir ko’rinishi bo’lgan so’z birikmasi boshqa sintaktik qurilmalardan nomustaqilligi, butunning tarkibiy qismi holatidagi erkin birikma ekanligi bilan farqlanadi. Bu uning qurilish materiali bo’lib xizmat qilishida o’z ifodasini topgan. Shuning uchun so’z birikmasi fikr ifodalay olmaydi, tushuncha ifodalovchi ochik qurilma hisoblanadi, kommunikativ emas, nominativ funktsiya bajaradi. Shu ma’noda so’z birikmasi kamida ikkita mustaqil so’zning tobelanish asosida, birining ikkinchisiga ergashishi natijasida hosil bo’ladigan nominativ birlik, tushuncha ifodalovchi erkin so’z bog’lanmasidir.
So’z birikmasi nechta so’zdan hosil bo’lishidan qat’i nazar, albatta, ikki komponentdan – tobe va hokim komponentdan iborat bo’ladi. Bu ma’noda esa so’z birikmasi bir so’zning yoki komponentning ikkinchi bir so’z yoki komponentga tobelanib, u bilan birga bir semantik- grammatik bog’lanma hosil qilishidir. Bunda tobe so’z –komponent doim aniqlash, izohlash, to’ldirish vazifasini bajaradi. Masalan: farovon hayot, sigir quyruq qilib tushuntirmoq,tovushdan tez,uchta katta qora qo’y kabilar.
Yuqoridagi gaplardan kelib chiqib so’z birikmasiga shunday ta’rif berish mumkin:.
Nutq jarayonida ikki yoki undan ortiq mustaqil til birliklaridan birining ikkinchisiga grammatik jihatdan tobelanib, uning ma’nosini aniqlab, izohlab, to’ldirib kelishi natijasida hosil bo’ladigan tushuncha ifodalovchi erkin birikma so’z birikmasi deyiladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin