Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə57/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Qo’shimcha adabiyotlar
1. G’.Abduraxmonov va boshqalar.O’zbek tili grammatikasi.T.1999. 3-123 betlar.
2. O’zbek tili grammatikasi. T.: Fan. 1976.
3. Ne’matov X, Sayfullaeva R., Qurbonova M. O’zbek tili struktural sintaksisi asoslari. Toshkent: Universitet, 1999. 55-bet.
4. Kalshanskiy G.V. Logika i struktura yazo’ka. -M.: Vo’ssh. shk. 1965.s.240.
2. Mahmudov N., Nurmonov A. O’zbek tili nazariy grammatikasi. T.: o’qituvchi, 1995. 228-b.
3. Mehaninov I.I. Predikativnost, skazuemost, glagolnostG’G’Vestnik. LGU. - №4-5. -S. 119-132.
4.Bobokalonov R. O’zbek tilida funktsional-semantik shakllangan so’z-gaplar. Filol.fanlari nomzodi ..dis. -Toshkent, 2000. -136 b.


8-mavzu : Gapning sintaktik tuzilishi.
Ajratilgan vaqt - 2 soat
Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar:

  1. Gapning sintaktik tuzilishi.

2. Gapning semantik - sintaktik bo’laklari:
2.1. Gap bo’laklari.
2.2. Gap bo’laklari hisoblanmaydigan sintaktik shakllar.
Tayanch tushuncha va atamalar.
Sintaktik tuzilish, gap bo’lagi, gap bo’lagining turlari, bosh bo’laklar, ikkinchi darajali bo’laklar, gap bo’lagi hisoblanmaydigan sintaktik shakllar, undalma, kirish, kiritma, sodda gap, oddiy sodda gap, murakkab sodda gap.
1 – masala: Gapning sintaktik tuzilishi
Darsning maqsadi: Talabalarda gapning sintaktik tuzilishi haqida aniq tushuncha hosil qilish
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Gapning sintaktik tuzilishi deganda nima tushunilishini aytib beradi.
1.2. Gapning sintaktik tuzilishini izohlaydi.
1-masala bayoni.
Sintaksisning asosiy birligi bo’lgan gap fikriy va intonatsion tugallikka ega bo’lgan sintaktik butunlikdir. Lekin gap bo’linmaydigan, qismlarga ajralmaydigan sintaktik butunlik emas. To’g’ri, ayrim gap turlari, xususan, so’z-gaplar bo’linmas sintaktik butunlikdir. Biroq bunday sitaktik butunliklar boshqa tipdagi sintaktik butunliklarga nisbatan juda kamchilikni tashkil etadi. Gaplarning aksariyati o’zaro ma’no va grammatik jihatdan bog’lanib bir butunlikni hosil qilgan lug’aviy birliklardan tashkil topgan sintaktik qurilmalardir. Bunday qurilmalar hamma vaqt bir necha qismlardan iborat bo’ladi. Ammo bu gapning sintaktik tuzilishi gapdagi lug’aviy birliklardan tashkil topgan degani emas. Gapning sintaktik tuzilishi undagi lug’aviy birliklarga aloqador bo’lsa-da, lug’aviy birliklar va gapning tuzilish birliklari bir xil hodisa emas va ularning miqdori ham mohiyat e’tibori bilan bir- biriga teng emas. To’g’ri, gapdagi lug’aviy birliklar va sintaktik tuzilish birliklari miqdor jihatdan teng bo’lishi mumkin. Masalan, Vatan yagonadir, Vatan bittadir gaplarida gaplarning sintaktik tuzilish birliklari ham ikkita, unda qatnashgan lug’aviy birliklar ham ikkita. Demak, ayni misollarda ular miqdoran teng. Biroq quyidagi gapda lug’aviy birliklar va gapning tuzilish birliklari soni farq qiladi (sintaktik tuzilish birliklari 4 ta, lug’aviy birliklar soni 6 tadir): Uzoqdan bo’ylari uzun uch dugona ko’rindi. Qolaversa, sintaktik tuzilish birliklari va lug’aviy birliklar har xil hodisalardir. Lug’aviy birliklar leksikologiya va frazeologiyaning o’rganish ob’ekti sanalsa, sintaktik tuzilish birliklari sintaksisning o’rganish ob’ektidir. Demak, lug’aviy birliklarni va sintaktik tuzilish birliklarini har tomonlama tenglashtirib bo’lmaydi.
Sintaksisning o’rganish ob’ekti bo’lgan gapning sintaktik tuzilishi va bu tuzilishni vujudga keltirgan birliklar gapning semantikasi bilan bog’liq ravishda belgilanadi. Shu ma’noda gapning sintaktik tuzilishi gapning sintaktik ma’nosini ifodalovchi sintaktik shakllarning mazmunga mutanosib birikishidan hosil bo’lgan sintaktik strukturadan iboratdir. Bu struktura strukturani tashkil etishdaga vazifasiga ko’ra bir-birdan farq qiluvchi bir necha struktur birliklardan tashkil topgan. Demak, gapning sintaktik tuzilishi gapning semantikasini shakllantiruvchi struktura bo’lib, u shu sintaktik semantikaning ifodalanishida muayyan vazifaga ega bo’lgan struktur birliklar-sintaktik shakllarning maqsad- mazmunga muvofiq o’rinlashishi va bog’lanishidan vujudga keladi. Gapning sintaktik tuzilishini yanada aniq tasavvur qilish uchun sintaktik tuzilish birliklarini, ularning gap semantik-sintaktik strukturasini shakllantirishdagi roli va vazifalarini, qisqasi, gapning semantik-sintaktik bo’laklarini o’rganish kerak bo’ldadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin