Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə55/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Darsning maqsadi: talabalarda to’liq va to’liqsiz gap to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.


Identiv o’Quv maQsadlari:
1. To’liq va to’liqsiz gaplarni tushuntirib beradi.
2. To’liqsiz gaplarni ajratib beradi.
3. To’liqsiz gaplarda fikrning ifodalanishini tahlil qiladi.
4. To’liqsiz gaplarning ishlatilish o’rnini biladi.
2.3. - masala bayoni:
Gaplar, ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning ishtirok etishiga ko’ra, to’liq gap va to’liqsiz gaplarga bo’linadi. To’liq gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning barchasi ifodalangan bo’ladi. Viloyatimiz poytaxti - ona shahrimiz Guliston kundan-kunga chiroy ochib, tobora ko’rkamlashib borayapti.
To’liqsiz gaplarda ma’lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning ma’lum qismi tushirilgan yoki yashiringan bo’ladi, lekin fikr to’liq bo’ladi. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib - Teatrga bilet oldingmi? - Oldim.
To’liqsiz gaplarda tushirilgan bo’laklar gapning mazmunidan, ko’pincha, oldingi gapdan anglashilib turadi. To’liqsiz gaplarga uning tushirilgan bo’lagi yoki bo’laklari qo’shilsa, grammatik jihatdan mukammal gap hosil bo’ladi-yu, biroq fikrning ixcham, ta’sirli bayon qilinishiga erishilmaydi. To’liqsiz gap biron bo’lagi etishmagan gap emas, u sodda gapning alohida bir turi, ma’lum mazmunni ifodalashda qo’llanuvchi stilistik vositadir.
To’liqsiz gaplar ko’pincha o’zaro suhbatlashuvda, dialoglarda qo’llanadi. Shuningdek, monologlarda ham to’liqsiz gap qo’llanadi. Masalan: Tikansiz gul bo’lmas, mashaqqatsiz hunar. Oltin o’tda bilinadi, odam mehnatda. Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz rohat.

To’liq va to’liqsiz gap 17-jadval

Gapning turlari

Izohi

Misollar


To’liq gap

Zarur bo’laklari tushib qolmagan gap

Kim kitobni keltirdi?
O’quvchi kitobni keltirdi.

To’liqsiz gap

Zaruriy bo’laklardan biri yoki bir nechasi tushib qolgan gap

  • Kim keldi? (to’liq gap)

  • Karim.(to’liqsiz-kesimi tushib qolgan)




  • Karimning akasi keldimi?

  • Ha, akasi keldi. (to’liqsiz- aniqlovchi tushib qolgan)

  • Ukang ketdimi?

  • Ketdi. (to’liqsiz gap-ega tushib qolgan)

  • Kim keldi? (to’liq)

  • Opam.(to’liqsiz gap-kesim tushib qolgan)

  • Dadang qachon keladi? (to’liq)

  • Bugun. (to’liqsiz-ega va kesim tushib qolgan)

  • Institutni bitirdingmi?

  • Bitirdim. (to’liqsiz-to’ldiruv-chi tushib qolgan)

-Ertaga kelasanmi?
- Kelaman. (to’liqsiz-hol tushib qolgan)

To’liqsiz gap dialo-gik nutqdan boshqa o’rinlarda ham uchray-di.

Don ekilgan. Yaqinda unib chiqadi. (keyingi gapda ega ifodalan-magan-to’liqsiz gap)




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin