Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə53/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
1. Gaplarni tuzilishiga ko’ra tasnif qilishda qaysi xususiyatlarga asoslaniladi?
2. Gapning grammatik asosi, predikativ markazi deganda nima tushuniladi?
3. Grammatik asosning miqdoriga ko’ra gaplar necha turga bo’linadi?
4. Sodda va qo’shma gap bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
5. Gaplarning tuzilish belgisi deganda nima tushuniladi?
6. Gaplarning ma’no belgisi deganda-chi?
7. Gaplarning grammatik belgisi nima?
2–masala: Sodda gaplarning tuzilishiga ko’ra turlari. 2.1 Sodda gapning bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi: talabalarda bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gaplar to’g’risida umumiy tushuncha hosil qilish
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra turlarini sanaydi.
2.2. Ikki bosh bo’lakli va bir bosh bo’lakli gaplarning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
2.3 Bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gaplarni ajratadi.
2.4. Berilgan gaplarni bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra tahlil qiladi.
2.5. Ikki bosh bo’lakli va bir bosh bo’lakli gaplarning ko’rinishlarini sistemalashtiradi.
2.6. Bir so’zdan tashkil topgan gaplarni va ikki so’zdan tashkil topgan qo’shma gaplarni bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gap nuqtai nazaridan baholaydi
2. va 2.1-masala bayoni. Sodda gaplarni tuzilishiga ko’ra tasnif qilishda quyidagilarga asoslaniladi:
1.Grammatik asosning tarkibi yoki bosh bo’laklarning miqdori.
2.Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtiroki.
3. Sodda gaplarning turli semantik-sintaktik bo’laklar, hodisalar bilan murakkablashishi yoki murakkablashmasligi.
4. Zarur bo’laklarning ifodalanishi yoki ifodalanmasligi.
5. Gap bo’laklariga ajralishi yoki ajralmasligi.
Predikativ markazning tarkibiga yoki bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra sodda gaplar ikkiga bo’linadi: 1.Ikki bosh bo’lakli gap. 2.Bir bosh bo’lakli gap.
Egasi ham, kesimi ham mavjud bo’lgan sodda gaplar ikki bosh bo’lakli gap sanaladi. Bunda bosh bo’laklardan tashqari ikkinchi darajali bo’laklar qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Masalan: Atrof ko’m-ko’k. Binafshalar ochilgan. Fazoda ko’klam qushlari charx uradi.
Predikativ yadrosi bitta bo’lgan sodda gaplar bir bosh bo’lakli sodda gaplardir. Bunda bosh bo’lak yolg’iz o’zi yoki ikkinchi darajali bo’laklar bilan birgalikda predikativ yadroni tashkil etgan bo’lishi mumkin. Demak, bu erda predikativ yadroning tarkibi yoyiq yoki yig’iq holdagi bir bosh bo’lakdan iborat bo’ladi. O’zbek tilida bosh bo’lagi kesim bilan ifodalangan bir bosh bo’lakli gaplar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bu suvni ichishga to’g’ri keladi. Do’sting uchun zahar yut. Shivir-shivirni bas qiling. Suyanmang, bo’yalgan. Biroq bu Kech kuz. Sahar tipidagi bir bosh bo’lakli gaplarning qo’llanishini inkor qilmaydi. Bu xil gaplarda predikativlik ega shaklidagi so’zlarni tugallangan intonatsiya bilan aytish va undan keyin boshqa gaplar kelishi orqali ifodalanadi. Shuning uchun uni eganing aynan o’ziga tenglashtirib bo’lmaydi. Bu so’zlar yoki birikmalar bir vaqtning o’zida ham ega, ham kesim vazifasini o’taydi.
Bir bosh bo’lakli gaplarni Sen kelding - boshlayveramiz: Kecha bordim, yo’qsan kabi qo’shma gaplardan, shuningdek, Xo’p. Mayli. Barakalla. Ofarin. shakllaridagi so’z-gaplardan va dialoglarda ishlatiladigan gaplardan (Qachon kelding - kecha kabi) Ona. Naqadar ulug’ so’z kabi sintaktik qurilmalardan farqlash kerak. Birinchi holda gap qo’shma gap, ikkinchi holda so’z-gap, uchinchi holda to’liqsiz gap, turtinchi holda esa tasavvur nomi to’g’risida ketyapti. Chunki Sen kelding – boshlayveramiz. gapida ikkinchi komponent kesimdan tashkil topgan bir bosh bo’lakli gapdir, binobarin, u qo’shma gapdir. Xo’p. Mayli. Barakalla. Ofarin.so’z-gaplari esa oldin aytib o’tilgan fikrga ekspressiv modal munosabatlarni ifodalaydi va bo’laklarga ajralmasligi bilan xarakterlanadi. To’liqsiz gaplarning yashiringan bo’laklari mavjud bo’ladi. Bir bosh bo’lakli gaplarda esa biron bo’lak yashirinib qolmaydi, ular fikrning ana shunday shakldagi ifodasidir. So’nggi holatda tushuncha nomi (Ona) alohida ta’kidlangan, ma’no kuchaytirilayotir. Bu erda fikr ifodalangayotani yo’q. Fikr ta’kidlangan so’zdan keyin kelayotgan sintaktik qo’shilma orqali ifodalanadi. Bu bir fikr-mazmunni ana shunday bo’laklab ifodalashdir.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin