Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari 10-jadval



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə44/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari 10-jadval



Turlari

Farqlovchi belgilari

Misollar


1

Darak gap

Maxsus ko’rsatkichga ega emas. Kesimi darak mazmunini bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanadi.

Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi.

2

So’roq gap

Tarkibida so’roq olmoshi va so’roq yuklamasi bo’ladi yoki so’roq ohangi bilan talaffuz qilinadi.

Jizzax cho’lida bo’lganmisiz?

  • Siz qaerda o’qiysiz?

  • Toshkentda.

  • Toshkentda?

3

Buyruq gap

Kesimi buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi.

Yozaver, yozaver, zehn qo’yib yoz, Zafarni marmarga, mayli, o’yib yoz. (A.P)

Darak gap.
1. Voqea-hodisalarni tasdiq yoki inkor yo’li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi: Qish cho’zilib ketdi. Navro’z kelib qolgan bo’lsa ham, havo sovuq, ayrim erlarda hali ham qor bor.
2. Darak gaplar xabar, orzu-umid, maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya kabi ma’nolarni ifodalaydi. Ba’zan istak, gumonni ifodalashi ham mumkin.
Avval bir tamaddi qilib olsak. Sirojiddin ham kelib qolar. Katta bo’lsam, uchuvchi bo’laman. Kimdir izimizga tushibdi.
3. Darak gapning kesimi ko’pincha aniqlik maylining o’tgan, hozirgi-kelasi zamon formalari bilan, ba’zan shart-istak mayli formasi bilan ifodalanadi. Ikki soatdan keyin etib boraman. Sessiya tugadi.
4. Darak gap xabar intonatsiyasi bilan aytiladi, yozuvda uning oxiriga nuqta qo’yiladi. Bunda ohang gapning birinchi qismida ko’tarilib, ikkinchi qismida esa pasayib boradi:
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida olamshumul voqealar sodir bo’lmoqda. Ega va kesim gapning bosh bo’laklaridir.
Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda keng qo’llanadi. Hatto butun matnlar darak gaplardan tashkil topadi. Darak gap haqidagi yuqoridagi ma’lumotlar buning isbotidir.
Darak gaplar 11-jadval
Ma’nolari

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin